13-Mavzu: korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari. Mavzu rejasi
- budjet mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish
Download 87.53 Kb.
|
13 мавзу Коррупцияга қарши кураш механизмлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- - korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash
- budjet mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imijini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; - korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; - korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan “Korrupsiyasiz ta’lim” deb nomlangan rangli, o‘quv ko‘rgazma nashr etilib, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalariga yetkazildi. Jumladan, bizning viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ham mazkur ko‘rgazma bilan ta’minlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad: - yosh avlodning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; - davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; - korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tatbiq etishdan iboratdir. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16-, 17-, 18-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Ta’kidlash joizki, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim va tarbiya jihatidan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar. Zero, bu strategik va taktik ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar bajarilmas ekan, korrupsiya iqtisodiyot, siyosat, madaniyat va sport, ta’lim va ilm-fan, ijtimoiy soha, sud va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, jamiyat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va televidenie, siyosiy partiyalar va boshqalarda saqlanib qolishiga, zaruriyat bo‘lsa kuchayib: olib borilayotgan islohotlarga to‘sqinlik qilishi, davlatning konstitutsion asosini yo‘q qilishi, boshqaruv apparatini bo‘lib tashlashi, hukumat obro‘sini yo‘q qilishi, budjetni asossiz qayta taqsimlanishi, jamiyatni intellektual potensialdan ayirishi, jamiyatni beqarorlashtirishi, jamiyatni jinoiylashtirishi, inson huquqlarini paymon qilishi; pirovardida jamiyatni ma’naviy tanazzulga duchor qilishi mumkinligi bilan xavfli salbiy ijtimoiy fenomen hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Download 87.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling