13-Mavzu: korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari. Mavzu rejasi


Download 87.53 Kb.
bet1/14
Sana08.05.2023
Hajmi87.53 Kb.
#1442651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
13 мавзу Коррупцияга қарши кураш механизмлари


13-Mavzu: KORRUPSIYAGA QARShI KURASh MEXANIZMLARI.
Mavzu rejasi:
1. Dunyo va O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashda tizimli yondoshuvning zarurati. Korrupsiyaga qarshi kurashning tarixiy an’analari.
2. O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
Tayanch tushunchalar
Korrupsiya, paradigma, Singapur tajribasi, Shvesiya tajribasi, korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi va taktikasi, halollik vaksinasi, axborot olishning ochiqligi

1-savol bayoni: Kishilar jamiyat hayotida yuz berayotgan barcha jarayonlarni kuzatar ekan, ularga nisbatan xayrixoh yoki qarshi, yoki befarq munosabatda bo‘layotganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda korrupsiyaga qarshi kurash masalasida ham shunday munosabat mavjudligini kuzatish mumkin. Biroq, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotining kushandasi ekanligini anglagan odamlar,bu illatga qarshi kurash bo‘yicha bir qator taktik usullarni qo‘llash va strategik yo‘nalishlarini belgilab olish borasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlanmalarni falsafiy paradigmalar shaklida ishlab chiqqan holda hayotga joriy qilishga harakat qilmoqdalar. Korrupsiyaga qarshi kurash haqidagi falsafiy paradigma - bu korrupsiyaga qarshi kurash haqidagi g‘oyalar, qarashlar va tushunchalarning yetakchi tizimini belgilash uchun ishlatiladigan dastlabki konseptual sxemalar, muammolarni qo‘yish va ularni hal qilish modellari, tadqiqot usullari, ularni amalga oshirishning taktikasi va strategiyasi haqidagi postulatlar va standartlar tizimiga aytiladi. Bu borada yaratilgan falsafiy paradigmalarni;
a) tarixiy makon va zamonda joylashgan o‘rniga qarab – qadimgi, o‘rta asr, yangi va eng yangi davrdagi;
b) jazolarni qo‘llash usul va vositalariga qarab – qilmishiga yarasha qonunlarda belgilangan tartibda jazolash;
v) sub’ektlari bo‘yicha – individual, jamoaviy;
g) axloqiy-ma’naviy ta’siriga qarab – jamoa oldida uyaltirish, tadbirlariga qo‘shmay izza qilish va boshqa shu kabilarga ajratish mumkin.
Bu paradigmalarni quyidagi davlatlar misolida ko‘rish mumkin:

Download 87.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling