13-Mavzu: korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari. Mavzu rejasi
Fuqarolarni axborot bilan ta’minlash
Download 87.53 Kb.
|
13 мавзу Коррупцияга қарши кураш механизмлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idoraviy tizimlarning ochiqligi
- Mansabdor shaxslarning ijtimoiy ta’minoti
- 2-savol bayoni
Fuqarolarni axborot bilan ta’minlash. Korrupsiyaga qarshi kurashning mazkur umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan paradigmal uslubi fuqarolarga ularning huquqlari va majburiyatlari nimada, uni buzish qanday huquqbuzarliklarga olib kelishi mumkinligi, sud protsedurasi qanday o‘tishi va unda nimalarni hisobga olinishini aniq va ravshan tarzda qilib tushuntirish maqsadida qonunlarni tahlil qilish orqali tushuntirishni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasini bilgan, tushungan fuqarolar pora berishga undagan mansabdor shaxs bilan yuzma-yuz kelganda o‘zlarini yanada ishonchli tutishadi.
Idoraviy tizimlarning ochiqligi. Idoralararo operatsiyalarning oshkoraligi va tegishli fuqarolik nazorati idoralararo hujjatlarni ommaviy Internetda nashr etish va ochiq muhokama qilish orqali amalga oshirilishi mumkin, bu esa korrupsiyaning poydevorini jiddiy ravishda buzishga olib keladi. Biroq, bunday mexanizmlar tijorat sirlarini himoya qilish bo‘yicha o‘ta qat’iy qoidalar bilan cheklangan yoki ulardan ayrim bo‘limlarda foydalanish fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini va mudofaa bo‘limlari va tashkilotlarida maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurati bilan bog‘liq bo‘ladi Mansabdor shaxslarning ijtimoiy ta’minoti. Birinchi darajali tibbiy yordam, ko‘chmas mulk sotib olish uchun foizsiz kreditlar, katta miqdordagi pensiya - bularning barchasi davlat sektorida ish haqining oshishi bilan barobardir. Mansabdor shaxs korrupsiyaviy harakatlarga tushib qolsa, bu uning mansabidan ayrilib qolish ehtimolini oshiradi. Paradigmal mazmundagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu chora korrupsiyaga darhol ta’sir qilmaydi, ammo vaqt o‘tishi bilan byurokratiya sifatini yaxshilaydi. Umuman olganda, korrupsiyaga qarshi kurashishda bunday usullardan tizimli ravishda foydalanish, tizimli yondashuv nihoyatda muhimdir. 2-savol bayoni: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning zarurligi. «Qizil imperiya» maqomini olgan SSSR parchalanib ketgandan so‘ng uning o‘rnida paydo bo‘lgan mustaqil mamlakatlarda hokimiyat uchun sobiq kommunistlar, liberal demokratlar, din mutassadilari, uyushgan jinoyatchilar o‘rtasida kurashlar boshlanib ketdi. Natijada, mamlakatimizda ham uning mustqilligiga, davlat suverinitetiga, fuqarolarning tinch-osuda yashashlariga tahdid soluvchi ko‘pgina noxush voqealar sodir bo‘ldi. Bu voqealarning ortida qanday bo‘lmasin hokimiyatni qo‘lga kiritib, davlat mulkini o‘zining shaxsiy-xususiy mulki qilib olishga harakat qilayotgan «kimsa»lar, ya’ni xalq tili bilan aytganda mafiyalashgan korrupsionerlar turar edi. Demak, ularning asosiy maqsadi – qanday qilib bo‘lmasin hokimiyani egallab olish,uni boshqarish uchun berilgan vakolatlardan o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali katta bitmas-tugalmas boylikka ega bo‘lishdan iborat bo‘lganligi hech kimga sir emas edi. Afsuski,ularning manfur maqsadlari amalga oshmay qoldi. Xalq irodasi bilan uning haq-huquqlarini himoya qiluvchi huquqiy davlatni amalga oshirish tamoyillariga asoslangan davlat hokimiyati shakllantirildi. Davlatning o‘zi xalqning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda keng qamrovli islohotlarni boshlab yubordi. Shulardan biri korrupsiyaga qarshi kurashishdan iboratdir. Korrupsiyaning keng tarqalganligi va uni tag-tomiri bilan yo‘q qilishning ilojini topish qiyinligini ko‘zda tutib, uni –«xalqaro ofat» deb atash mumkin. Davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi. Korrupsiya vujudga kelib, u eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu esa jinoyatchilik va korruppiya jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlar tufayli jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir. Korrupsiyaning mamlakatimizning xavfsizligiga solaѐtgan tahdidlari quyidagalardan iborat: Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan "xufyona" iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jaraѐnning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga ega. Download 87.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling