13-Mavzu: korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari. Mavzu rejasi


Download 87.53 Kb.
bet8/14
Sana08.05.2023
Hajmi87.53 Kb.
#1442651
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
13 мавзу Коррупцияга қарши кураш механизмлари

Birinchidan, yetarli bo‘lmagan ochiqlik va ma’lumotning yo‘qligi. Davlat idoralarining yopiqligi sababli ommaviy axborot vositalari ham o‘z vazifalarini to‘liq bajara olmaydilar.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati ishtirokining yetishmasligi. Hukumat idorasi, hattoki bizning agentligimiz hech qachon fuqarolik jamiyati ishtirokisiz korrupsiyaga qarshi samarali kurasha olmaydi. Buning uchun esa kuchli fuqarolik jamiyati zarur.
Uchinchidan, jazosiz qolish hissi. Albatta, qonunchiligimizda poraxo‘rlik uchun jazo choralari ko‘zda tutilgan. Ammo ma’lum vaqt o‘tgach, biz pora olganlarni yana davlat organlarida, qaysidir tashkilotlarda ko‘ramiz. Odamlar bunday jiddiy qonunbuzarlik ham qoralanmaydi va hatto qaerdadir kechiriladi degan fikrga borishi mumkin. Kimdir, demak, menga ham mumkin deb o‘ylaydi, agar qo‘lga tushsam ham, ikki yoki uch yil o‘tirib chiqaman va davom etaman degan xayolga boradi. Bu ham muhim omil »3.
Globallashuv sharoitida mamlakatimizda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishning eng samarali yo‘nalishlaridan birini taktik va strategik usul va vositalar tashkil qiladi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi. Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi deb mamlakatimizda mavjud bo‘lgan moddiy va ma’naviy resurslardan samarali foydalanish orqali korrupsiyani batamom yo‘q qilish uchun o‘zoq muddatga mo‘ljallangan vazifalarni belgilab olish va uni bajarishga qaratilgan tadbirlarni ilmiy-amaliy jihatdan tashkil qilish san’atiga aytiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasinining samaradorligini oshirish va ularni ilmiy-amaliy jihatdan yanada takomillashtirib borishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
1. Korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligiga erishishning yaqin va uzoq muddatga mo‘ljallangan modeli ishlab chiqilishi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy ta’minlab turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi aniq qonunchilikda mustahkamlanishi;qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy va iqtisodiy hamda ijtimoiy elementlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va bir-biriga ta’sir qilish mexanizmini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish. Bu strategik jihatdan olib qaraganda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yaxlit kompleks tizimning uzviy ishlashini jamiyatda yo‘lga qo‘yishning samaradorligini ta’minlaydi.
2. Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida innavatsion yondashuvni samarali qo‘llash. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha institutlari bilan hamjihat faol harakatini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor berish. Bu O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri – jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha moddalarini mukammal ishlab chiqish hamda korrupsiyani keltirib chiqarayotgan holatlarni o‘rganish, tahlil qilish va korrupsiyani oldini olishga qaratilgan dasturlar, chora-tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilishda aniq statistika hamda dalillarga asoslangan ma’lumotga tayangan holda ish olib borishni ta’minlashga xizmat qiladi.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashishni jamiyatning ijtimoiy sohalarida xususan, tadbirkorlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash jumladan, huquqni muhofaza qilish sohalarida yanada kuchaytirish uchun korrupsiya bilan bog‘liq ayrim xatti-harakatlarni barham berishga qaratilgan dasturlar ijrosini barcha sohalarda ta’minlash hamda xalqaro tajribani o‘rganish asosida xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan standartlarni qonunchilikda mustahkamlab borish. Bu esa mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashda yaxshi natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturini ijrosini jamiyatda ta’minlanishi va bu borada tizimli monitoring qilish bo‘yicha samarali huquqiy mexanizmning islohotlar talablari darajasida ishlab chiqish. Bu davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilish darajasining talab darajasidan pastligini oshkor qilish, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda ta’minlanishi, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan qonunchilik normalarini xalqaro huquq talablari asosida takomillashtirish natijasida jamiyatda ijtimoiy adolatni o‘rnatishga xizmat qiladi.
5. Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqqan holda amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish. Bu fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishni tashkil etish masalasiga nisbatan daxldorlik hissini,mas’uliyatini oshirishga,ular tomonidan bu illatga qarshi qilinayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishga ishonchli dalil bo‘lishiga imkon yaratib beradi.
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish ishlarini tashkil etishda jamiyat a’zolari bo‘lgan fuqarolarimizni faol ishtirokini kuchaytirish. Bu fuqarolarning korrupsiyaga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish imkoniyatini yaratish, yangi texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik nazoratini ta’minlashning izchil tizimini yaratish va hayotga tadbiq qilishning optimal taktik variantlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
7. Korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish. Bu korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish va qo‘llash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan o‘tkazish, monitoring qilish va adolatli baholashga qaratilgan chora-tadbirlarnip ishlab chiqish jamiyatni qonuniy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi4.
O‘zbekiston davlatining korrupsiyaga qarshi kurashdagi strategik ahamiyatga molik bo‘lgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib:
«aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash»5 belgilangan.
Bu strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar dunyo davlatlarida jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan korrupsiya xavfiga qarshi kurashishni ta’minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar:
• Amerika davlatlari tashkiloti tomonidan 1996 yil 29 mart kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Amerika konvensiyasi” ;
• Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan 1997 yil 21 noyabrda yevropa hamjamiyatining mansabdor shaxslariga yoki yevro ittifoqiga a’zo davlatlarning mansabdor shaxslariga daxl qilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiyasi;
• Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan 1997 yil 21 noyabrda qabul qilingan Xalqaro tijorat amaliyotlarida xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiyasi ;
• Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi tomonidan 1999 yil 27 yanvar-da qabul qilingan “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi ;
• Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi tomonidan 1999 yil 4 noyabrda qabul qilingan “Korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarligi to‘g‘risida”gi Konvensiyasi;
• 2003 yil 12 iyuldagi Afrika Ittifoqining “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi;
• BMTning “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka hamda korrupsiyaga qarshi kurash” Konvensiyasi;
• MDH doirasida esa unga a’zo davlatlar tomonidan 2003 yil 15 noyabrdagi qarorga muvofiq, “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi ham korrupsiyani jamiyat rivojlanishiga qarshi qaratilgan illat sifatida uning qanchalik xatarli ekanligini ko‘rsatadi.
 Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi (N’yu-York, 1996 yil 12 dekabr’);
 Korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 27 yanvar’);
 Korrupsiya bo‘yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 4 noyabr’) va mazkur Konvensiyaga qo‘shimcha protokol (Strasburg, 2003 yil 15 may);
 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003 yil 31 oktabr’) va boshqalar qabul qilingan qarorlariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi 2003 yil 31 oktabrda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008 yil 24 iyunda qabul qilindi va 2008 yil 27 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’qullandi va 2008 yil 28 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi muqaddima hamda 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat bo‘lib, 1-bobda (1-4) umumiy qoidalar, 2-bobda (5-14) korrupsiyaning oldini olish choralari, 3-bobda (15-42) jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati, 4-bobda (43-50) xalqaro hamkorlik, 5-bobda (51-59) aktivlarni qaytarish bo‘yicha choralar, 6-bobda (60-62) texnik yordam va ma’lumot almashinuvi, 7-bobda (63-64) amalga oshirish mexanizmlari, 8-bobda (65- 71) yakuniy qoidalar aks etgan.
Shu bilan bir qatorda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr’ – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu kunda BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiya”ni tan olgan, a’zosi hisoblangan davlatlarda turli tadbirlar va aksiyalar uyushtiriladi, plakat va varaqalar chop etiladi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasidagi axborotlar faollashadi.
O‘zbekistonning 2008 yili BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga, 2010 yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga qo‘shilishi – korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.
Shu tariqa,xalqaro-huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilik asosida, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratildi.

Download 87.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling