13-mavzu: maʼnaviy-axloqiy tarbiya. Mehnat, jismoniy va estetik tarbiyalar. Reja


Ma’naviyat Ma’rifat Madaniyat Ma’naviyatning shakllanish yо‘llari


Download 1 Mb.
bet2/6
Sana01.11.2023
Hajmi1 Mb.
#1737055
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-MAVZU

Ma’naviyat
Ma’rifat
Madaniyat
Ma’naviyatning shakllanish yо‘llari
Оna suti
Оila tarbiyasi
Аjdodlar o’giti
Vatan tuyg’usi
Ma’naviyatning muhim xususiyatlari
Ma’naviyat barkomol inson bо‘lishga, halollik va adolat bilan hayot kechirishning ma’no-mohiyatini chuqur anglash va unga amal qilishga undaydi
Vijdon pokligi va bedorligi ma’naviyatning tayanch ustunlaridir
Ma’naviyat insonning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qilishida yorqin namoyon bо‘ladi 
MA’NAVIYATNI SHAKLLANTIRADIGAN
ASOSIY MEZONLAR
  • Ma’naviy meros, madaniy boyliklar, kо‘hna tarixiy yodgorliklar.
  • Xalq og‘zaki ijodi.
  • Xalqimizning an’analari.
  • Din.
  • Diniy falsafiy allomalarimiz merosi.
  • Bemisil ilmiy ijodiy kashfiyotlar.
  • Davlatchiligimizni yuksaltirgan buyuk bobokalonlarimiz merosi.
  • Badiiy madaniyatimizni yuksaltirgan daxolarimiz merosi.
  • Jadid bobolarimizning ijodiy meroslari va faoliyatlari.
  • Oila va oilaviy tarbiy.
  • Maxalla.
  • Ta’lim-tarbiya tizimi.

Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta’lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir
Axloq (lotincha “xulq-atvor”) ijtimoiy ong shakllaridan biri bо‘lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmui
5A-ilova
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bо‘lgan tartib, odob, о‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini о‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat kо‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi

Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste’mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.
Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
  • o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
  • o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling