Mavzu: O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja. Mehnat tarbiyasining maqsadi vavazifalari


Download 468.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi468.86 Kb.
#1557453
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Amaliy.Nazariy malumot




Mavzu: O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi. 
 
Reja. 
 1.Mehnat tarbiyasining maqsadi vavazifalari. 
2. Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari. 
3.Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 
4. Jismoniy tarbiya vositalari. 
5.Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. 
6. Estetik tarbiya vositalari.
 
Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari 
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish
ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyahi ijtimoiy-foydali harakat 
yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik 
faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat 
jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. 
Mehnat tarbiyasining provard maqsadi Shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida 
uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir. 
O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda mehnat tarbiyasi 
muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat 
tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan 
belgilanadi. 
O‘zbekistonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning asosiy 
tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi. 
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga 
ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste’mol 
mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab 
etilmoqda. 
Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, 
ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli 
xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni 


tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat 
ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi. 
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni 
shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal 
etish maqsadga muvofiq: 
- Yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy 
ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; 
- O‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini 
hosil qilish; 
- Ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
- O‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib 
borishlari uchun zarur Shart-Sharoitni yaratish; 
- Ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish; 
- O‘quvchilar 
faoliyatida 
yuqori 
madaniyat, 
maqsadga 
intilish, 
tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, 
moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat 
yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish; 
- O‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular 
yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni 
egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish; 
- O‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha 
turlari, Shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan 
mutaxassisliklar bilan tanishtirish. 
Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan 
tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. 
Mehnat tarbiyasi mazmunida yuqoridagi vazifalar bilan birgalikda qator 
xo‘jalik-iqtisodiy omillar aniqlanada: viloyat va tumanlardagi ishlab chiqarish 
Shart-Sharoitlari, ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, ularning moddiy 
bazasi, o‘qituvchi kadrlar, ta’lim muassasasidagi an’analar.


Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va 

Download 468.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling