Mavzu: O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja. Mehnat tarbiyasining maqsadi vavazifalari


Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari


Download 468.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi468.86 Kb.
#1557453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Amaliy.Nazariy malumot

Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari 
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik Shart-Sharoitlari: 
1. Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi. 
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga 
qo‘shib olib borilishi. 
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo‘ldan kela olishi. 
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi. 
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual Shakllarini 
birga qo‘shib olib borish.
Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta’limi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. 
Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va 
ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. 
Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar, Umumiy 
mehnat jarayonida o‘quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo‘jaliklari, 


korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, 
shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar. 
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik 
ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini 
shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon 
bo‘ladi. 
O‘quvchilarning to‘garklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga 
rioya qilganda samarali bo‘ladi. Chunonchi: 
- To‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni, 
o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi 
zarur; 
- Texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan 
uzviy alohada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar); 
- Ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik 
ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka 
aylantirish kerak bo‘ladi. 

Download 468.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling