13.2. Marketing axborotlari turlari
Ma'lumki, marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi. Iqtisodiy amaliyotda qo’llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflanishi mumkin (21-chizma).
21-chizma. Iqtisodiy axborotning tasniflanishi
Marketing maqsadlariga mo’ljallangan axborotni bir nechta guruhlarga bo’lish mumkin. Xususan, bozor va uning kon'yunkturasi haqidagi axborot, sotish (savdo)ning uslublari va shakllari haqidagi axborot va, nihoyat, o’z korxonasi haqidagi axborot.
Korxonada shakllanayotgan axborotlar massivi bir martali marketing tadqiqotlarini o’tkazish hisobiga va marketing axborotini to’plash, ishlov berish va tahlil qilish natijasida davriy ravishda kengayishi va yangilanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |