13-mavzu. Marketing tizimida axborot ta'minoti
Tovar bozorlarini har tomonlama tartiblashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar. Ular faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar
Download 58.93 Kb.
|
13-mavzu. Marketing tizimida axborot ta'minoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
- Nazorat savollari
Tovar bozorlarini har tomonlama tartiblashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar. Ular faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
xalqaro savdo, shuningdek, konkret tovarning ishlab chiqarilishi va iste'moli bilan bog’liq muammolarning qo’yilishi va tahlil; mazkur tovar bozorining jahon kon'yunkturasini o’rganish, bozordagi ahvol haqida uning qatnashchilarini muntazam xabardor kilib turish; statistika ma'lumotlarini to’plash, chop etish va bozorning iqtisodiy tahlilini tayyorlash; mazkur tovar bilan savdo qilish muammolari bo’yicha ko’p tomonlama maslahatlar berilishini tashkil qilish; xom ashyoni ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport imkoniyatlarini mustahkamlash bo’iicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularga mos keladigan infrastrukturani rivojlantirish, xom ashyoni qayta ishlash, marketingi va taqsimlanishida ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning qatnashishining kengayishiga ko’maklashish, atrof-muhitni muhofazalashni yaxshilash, aniq xom ashyo tovarining iqtisodiyotini rivojlantarish loyihalarining tahlili va xom ashyoni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar hukumati tomonidan tavsiyalarni ishlab chiqish. Paxta bo’yicha Xalqaro maslahat beruvchi qo’mita (PXMq, International Cotton Advisory Committee, ISAS) - bu paxtani ishlab chiqarish, xalqaro savdo va iste'mol sohasida hamkorlikda manfaatdor bo’lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi hukumatlararo tashkilot. PXMq 1939 yilda AQSh tashabbusi bilan paxta bo’yicha xalqaro konferentsiyada tashkil etilgan edi. PXMQning asosiy funktsiyalari quyidagilar: jahon paxta bozori holatini nazorat qilish va uning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni o’rganish; paxtaning jahon bo’yicha ishlab chiqarilishi, xalqaro savdosi, iste'moli, zaxiralari va narxlari haqida statistik va boshqa axborotni to’plash va tarqatish, shuningdek, boshqa tekstil to’qimalar va matolar bo’iicha axborotlar, chunki ular paxta bozorining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi; jahon paxta bozorida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan aniq tadbirlarni o’tkazish bo’yicha PXMga a'zo bo’lgan mamlakatlarga tavsiyalar berish; doimiy qo’mita va uning har yillik sessiyalarida paxtaning narxlari masalalari bo’yicha muhokamalarni tashkil etish va o’tkazish. G’arbiy marketing amaliyotidan ma'lumki, ba'zi hollarda firmalar "sanoat shpionaji" usullariga murojaat qiladilar. Bunda tijorat qimmatlikka ega bo’lgan axborotni uning egalari - firmalar, jamoat tashkilotlari, davlat muassasalariga bildirmasdan, yashirin va ular xohishiga zid holda oladilar. Ko’pincha manfaatdor firmalarning diqqat-e'tibori texnologiyalar: chizmalar, formulalar, nusxalar, dasturlar, g’oyalarga qaratiladi; kamdan-kam holda - moliyaviy hujjatlar: schyotlar, smeta, shartnomalar, rejalarga e'tibor beriladi. Qisqa xulosalar Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Marketing axborot tizimi korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir. Nazorat savollari 1. Marketing axboroti nima? 2. Birlamchi axborot nimasi bilan ikkilamchi axborotdan farq qiladi? 3. Marketing axboroti tizimiga ta'rif bering. 4. Korxonalar uchun axborot qanday ahamiyatga ega? Download 58.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling