13-mavzu. Moliya nazariyalari reja: Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari


Download 27.04 Kb.
bet3/8
Sana08.11.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1754456
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA NAZARIYALARI (1)

J.M.Keyns nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi J.M.Keynsning (1883-1946 yillar) iqtisodiy nazariyasi davlat tomonidan tartibga solishda kapitalistik ishlab chiqarishning ehtiyoji sifatida vujudga keldi hamda u moliyaviy kontseptsiyani shakllantirishga va moliyaviy siyosatni ishlab chiqishga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Keynscha tavsiyalar, uning turli xildagi modifikatsiyalari bilan birgalikda, uzoq yillar davomida turli davlatlarning amaliyotida foydalanildi. J.M.Keyns moliyaviy kontseptsiyasining asosida “samarali talab” g’oyasi yotadi.
Iqtisodiyot 1929-1933-yillardagi og’ir tsiklik tanazzulni boshdan kechirayotgan bir paytda J.M.Keyns o’zining nazariyasini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida (1936-yil) bayon etib, maydonga chiqdi. Unda nobarqaror rivojlanish sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi asoslab berildi. Moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda, davlat xarajatlari ana shunday aralashuvning instrumentlari hisoblanishi kerak. Ularning shakllanishi, tarkibiy tuzilmasi va o’sishi “samarali talab”ga erishishning muhim omillari bo’lmog’i lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining o’sishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning ko’payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin. Bu maqsadga erishi uchun, muallifning fikricha, davlat faqat o’z xarajatlarining darajasini oshiribgina qolmasdan, balki shaxsiy va investitsion iste’molga ham o’z ta’sirini ko’rsatishi kerak.
J.M.Keyns soliqlar va ularning asosiy “psixologik qonun”ga ta’siri masalalariga alohida ahamiyat bergan. Ana shu “qonun”ga muvofiq, insonlar o’z iste’mollarini oshirib borishga moyildir. Lekin bu moyillik ular daromadlarining oshganchalik darajasida emas. Bu narsa, o’z navbatida, tovarlarga bo’lgan talabning pasayib ketishiga va ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Davlat ana shunday “qonun”ning paydo bo’lishiga to’sqinlik qilishi hamda soliq tushumlari, qarzlar hisobidan o’z xarajatlarini oshirish yoki turli metodlar orqali xususiy investitsiyalarni rag’batlantirish yo’li bilan etmayotgan talabni to’ldirishi kerak. Uning formulasi quyidagicha:

J + S = I + Dx,


Bu yerda: J – jamg’armalar;
S – soliqlar;
I – investitsiyalar; Dx – davlat xarajatlari.
Shunday qilib, J.M.Keyns ishlab chiqarishning monopollashuvi sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga yo’naltirilgan va printsial jihatdan yangi bo’lgan moliya nazariyasini ishlab chiqqan. 1970-yillarga qadar sanoati taraqqiy etgan ko’pgina mamlakatlar moliyaviy siyosatining asosini tartibga solish keynscha nazariyaning boshlang’ich holatlari (nuqtalari) tashkil etdi.

Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling