13-Mavzu: Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar. Reja


Download 199.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.11.2023
Hajmi199.44 Kb.
#1786879
1   2   3   4   5   6
3. IP-telefoniya 
 
Mazkur servis tarmoqning ikki abonenti о‘rtasidagi tovush trafigini (nutqni) 
uzatadi, unda tarmoq trafigi sifatida IP protokol (Internet Protocol) dan 
foydalaniladi. «IP telefoniya» servisini tashkil etish uchun mahalliy , korporativ, 
global tarmoqlar, hatto Internet tarmog‘i foydalanilishi mumkin. Umumiy 
foydalanishda qо‘llaniladigan maxsus shlyuzlar yordamida telefon tarmoqlari 
abonentlari va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari abonentlari о‘rtasida IP-telefon 
aloqasi ta’minlanadi.
Yuqori sifatli tovush. Yuqori sifatli tovush deganda shunday servis 
tushuniladiki, bu servis yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, konsertlardagi 
chiqishlarni va h.k. larni uzatishni va eshittirishni amalga oshiradi. 
Videotelefoniya. Mazkur servis ikki abonent о‘rtasida insonlar nutqini uncha 
yuqori bо‘lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga uzatishni amalga oshiradi. 
Mazkur servis mijozlari tegishli kommutatsion apparatura orqali real vaqt rejimida 
bir-birlarini eshitishlari va kо‘rishlari mumkin. 
Videokonferensiya. Mazkur servis abonentlar guruhi о‘rtasida tovushli va 
videotrafikni uzatishni amalga oshirib, bunda tovush va videosignallar bir -biriga
bog‘liq bо‘lmagan holda (turlicha transport birikmalari bо‘yicha) tarmoqda 
uzatiladi, ularning qabul qilishdagi sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli 
protokol bilan ta’minlanadi. 
Masofadan tibbiy xizmat kо‘rsatish. Mazkur servis bemorlarni masofadan 
tibbiy tekshirish, tashxis qо‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. Mazkur servis 
trafigi real vaqt miqyosida uzatilgan tovush va videoma’lumotlarni, tekshiruv 
natijalarini va boshqalarni о‘z ichiga oladi. 


Videomonitoring. Mazkur servis xonalarning videokuzatuvini amalga 
oshiradi, turli vazifalarni bajaruvchi hududlarni qо‘riqlash, turli xil noan’anaviy 
vaziyatlar tо‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar tо‘planadigan joylarda 
doimiy monitoring (real vaqt rejimida) qilish uchun qо‘llaniladi. 

Download 199.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling