13-Mavzu: Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar. Reja


Radio va televizion dasturlarni olib kо‘rsatish


Download 199.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.11.2023
Hajmi199.44 Kb.
#1786879
1   2   3   4   5   6
Radio va televizion dasturlarni olib kо‘rsatish. Mazkur servis radio va 
televizion kanallarni raqamli telekommunikatsion tarmoq orqali olib kо‘rsatishni 
amalga oshiradi. 
Raqamli televideniye. Mazkur servis uning mijozlari talabiga kо‘ra yuqori 
sifatli raqamli televideniye kо‘rsatuvlarini (badiiy filmlar, musiqali videokliplar, 
sport translyatsiyalari) amalga oshiradi. 
Zamonaviy telekommunikatsion tarmoqlarining rivojlanishida asosiy 
yо‘nalish servisning turli xil kо‘rinishlarini, shu jumladan, multimediyali 
servislarni ham qо‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Multimediyali trafikning turli xil 
kо‘rinishlarining tarmoq resurslariga talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi 
mumkin. Masalan, oddiy trafik, odatda, uni foydalanuvchiga yetkazib berish 
vaqtiga alohida cheklashlar qо‘ymaydi. Bunday trafikka qо‘yiladigan talabning 
hammasi – bu yangi minimal о‘tkazish qobiliyatini ajratishdir. Real vaqtda 
videokonferensiya о‘tkazish uchun trafik boshqa misol bо‘lishi mumkin. U ancha 
о‘tkazish qobiliyatinigina emas, balki videokadrlarni oluvchiga yetkazib 
berishning vaqtini minimallashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, agaraxborot 
paketlarining tutilib qolishlari nihoyatda nomuntazam xususiyatga ega bо‘lsa, 
videokonferensiya seansini о‘tkazish sifati qoniqarli bо‘lmaydi. Mazkur holda, 
tarmoq resurslariga kо‘pgina parametrlar bо‘yicha qat’iy talablar qо‘yiladi. Bu 
parametrlar quyida mufassal kо‘rib chiqiladi. 
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediya trafigini tavsiflash 
va tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday 
qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- Uzatish tezliklarining keng diapazoni – telefon trafigini uzatish holidagi kabi 
bir necha kbit/s dan to videokonferensiyalarni uzatishdagi kabi yuzlab Mbit/s 
gacha; 
- Uzatilayotgan multimediyali axborot oqimlarining turli xil statistik xossalari 
(real vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat’iy talablar qо‘yadi); 
- Tarmoq konfiguratsiyalarining juda katta xilma-xilligi, uzatish 
texnologiyalari va protokollarining kо‘pligi (Gygabit Ethernet, ATM, MPLS va 
boshqalar);
- Uzatilayotgan axborotlarni kо‘p darajali ishlov berishni, buning oqibatida
xizmat kо‘rsatish sifati ishlob berishning bir necha darajasiga bog‘liq bо‘lib qoladi. 

Download 199.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling