13-mavzu. Ommaviy axborot vositalari
Download 496.48 Kb.
|
13 мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- GRAMMATIKA Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
- 4-topshiriq.
1-topshiriq:
a) matnni o‘qing; b) matndagi ommaviy axborot vositalariga aloqador termin va iboralarning ma’nosini izohlang; d) matnga munosabat bildirib so‘zlang. 2-topshiriq. Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida fikr bildirib do‘stingiz bilan dialogga kirishing. 3-topshiriq. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi materiallar, reklama matnlarini tahlil qiling. GRAMMATIKA Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Publitsistika (lotincha-“xalq, omma”) davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig‘inlarida, turli xil anjumanlarda qo‘llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo‘ladi: 1) yozma shakl; 2) og‘zaki shakl. Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh maqolalar, feleton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og‘zaki shaklidir. Publitsistik uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan, isyon, irqchilik, qo‘poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar. Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o‘rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda “muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so‘ziga ko‘ra, muxbirimiz voqea ro‘y bergan joydan xabar beradi ...” va hokazo iboralar qo‘llaniladi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi. (“Qonun barchaga barobarmi?”, “Kafolat va‘da emas”, “Chetlatilgan mutaxassis”, “Tuya ko‘rdingmi – yo‘q”, “Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin”). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo‘shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko‘zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo‘ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va boshqalar. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Publitsistik uslubda ijtimoiy-siyosiy terminlar, gazeta va jurnallarga xos maxsus ifodalar, birikmalar, qat’iy qoliplashgan qurilmalarning tez-tez qo‘llanilishi bu uslubning o‘ziga xos xususiyatlaridandir: mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid, sovuq urush, ochiq ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy istiqlol mafkurasi, xalq e’tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat munosabatlari, jamiyatimizning faol ishtirokchisi, mafkuraviy bo‘shliq, xavfsizlikka tahdid va h.k. 4-topshiriq. Onlayn jurnalistikasi va axborot jurnalistikasining afzalligi va kamchiligini Rezyume texnologiyasi asosida tahlil qiling. “REZYUME TEXNOLOGIYASI” asosidagi mavzu tahlili
Download 496.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling