13-Mavzu: Oqsillarni tuzlar va ogʻir metall tuzlari bilan choʻktirish. Darsning maqsadi
Mineral kislotalar ta’sirida oqsillarni choʻktirish
Download 20.15 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar
- Takrorlash uchun savollar
Mineral kislotalar ta’sirida oqsillarni choʻktirish.
Konsentrlangan mineral kislotalar (ortofosfat kislotasidan tashqari) oqsil eritmalarida qayta erimaydigan choʻkmalar hosil qiladi. Bu reaksiya qaytmas reaksiya hisoblanadi. Oqsillarning kolloid boʻlakchalari degidratasiyalanadi va ularni zariyadlari neytrallanadi, natijada kompleks birikmalar — kislotalar bilan tuzlar hosil boʻladi. Mineral kislotalar (nitrat kislotasidan tashqari) choʻkmaga tushgan oqsillarning eritib yuborish xususiyatiga ega. Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan. Reaktivlar: Konsentrlangan xlorid, sulfat va nitrat kislotalari. 2. Oqsil eritmasi. Ishning bajarilishi: uchta probirka olib har biriga ehtiyotlik bilan 1 ml dan birinchisiga xlorid kislotasi, ikkinchisiga sulfat va uchinchisiga nitrat kislotasidan quyiladi. Uchala probirkadagi kislotalar ustiga xam sekinlik bilan 1 ml dan oqsil eritmasidan quyiladn. Probirkadagi ikkala suyuqlikning chegarasida, halqalar holatida oqsilning oq choʻkmalari hosil boʻladi. Har bir probirmani sekinlik bilan chayqatiladi. Bu vaqtda, xlorid va sulfat kislotalari solingan birinchi va ikkinichi probirkalardagi oqsil choʻkmalari erib ketadi. Nitrat kislotasi solingan uchinchi probirka chayqatilganda ham choʻkma erib ketmaydi. Laboratoriya mashg‘uloti mavzusi bo‘yicha B/BX/B jadvalini to‘ldiring. Takrorlash uchun savollar 1. Oqsil molekulasini gidrolizlash uchun qanday uslublar ishlatiladi? 2. Oqsil molekulasi gidrolizlanganda qanday bogʻlar uziladi? 3. Aminokislotalarning sifat reaksiyalari qanday boradi? 4. Aminokislotalarning formaldegid bilan reaksiyasi nima maqsadda ishlatiladi? 5. Aminokislotalarni qogʻoz xromatografiyasi yordamida aniqlashning asosiy yoʻlini tushuntiring? 6. Glisin, alanin, asparagin hamda metionin kabi aminokislotalar oʻrtasida hosil boʻladigan peptid bogʻlarini yozing Download 20.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling