13-Mavzu: O‘z mahsulotini reklama qilish yo‘llari
Reklama turlari va qo’llanilish usullari
Download 458.31 Kb. Pdf ko'rish
|
13Mavzu.Biznes asoslari
2. Reklama turlari va qo’llanilish usullari.
Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: – ko‘rgazma reklamalari; – matbuotdagi reklama; – bosma reklamalar; – plakat-grafika reklamalari; – kino reklamalari; – radio-reklamalari; – yoritish reklamalari. Ko‘rgazma reklamalari – reklama turlari ichida eng keng tarqalgan hisoblanadi. Ko‘rgazmareklamasining asosiy vazifasi, savdoda mavjud bo‘lgan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar assortimentini iste’molchilarga tanishtirish, iste’molchilarga hali yaxshi tanish bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni keng targ‘ibot qilish, iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan ma’lum bir mavsumga mos tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish zarurligini eslatib turishdan iboratdir. Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma reklamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab qiladi: 1. Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. 2. Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib bo‘lingan tovarlar bo‘lmasligi kerak. 3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur. 4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib turish kerak. Ko‘rgazma maydonlarining hajmi, ko‘rgazma uchun tavsiya etilayotgan tovarlarning xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: – nooziq-ovqat tovarlari joylashtiriladigan ko‘rgazma maydonlarining hajmi 1 metrdan 2 metrgacha tavsiya etiladi; – yirik savdo tarmoqlari, supermarket, univermag va savdo markazlarida 3 metr va undan ortiq; – kichik hajmdagi tovarlar, suvenirlar, atir-upa, zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchilarga 0.80 metrdan 1 metrgacha; – oyna ko‘rgazma maydonlarining balandligi binoning asosiy bo‘yiga hisoblaganda 0.80 metrdan 1 metrgacha bo‘lishi tavsiya etiladi. Tovarlarni namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan texnik vositalarning turlariga quyidagilar bog‘liq bo‘ladi: • harakatlanuvchi ko‘rgazmalar, qo‘yilgan jihozlarda o‘rnatilgan tovarlarning asosiy qismi doimiy ravishda aylanib, harakatlanib turadi; • qo‘zg‘almaydigan ko‘rgazmalar, bunda tovarlarni ko‘rsatish, namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan maxsus moslama va jihozlar ishlatiladi; • ovoz tarqatuvchi ko‘rgazmalarga turli qurilma va moslamalar tanlab olinadi, ular mavzular orqali ifodalab berishga qaratiladi. Tovarlarni ko‘rgazma reklama qilishda qo‘llanilish joyiga, bezatish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Tor ixtisoslashgan ko‘rgazmalar. 2. Ixtisoslashgan ko‘rgazmalar. 3. Umumlashtirilgan ko‘rgazmalar. 4. Aralash ko‘rgazmalar. Matbuotdagi reklama. Matbuotdagi reklama mamlakatimiz hududida nashrda chop etilgan turli xil reklama materiallarini o‘z ichiga oladi. Ularni asosan ikki guruhga ajratish mumkin: Reklama e’lonlari – bu mavjud nashrga joylashtirilgan pullik reklama bildirishidir. Reklama e’lonlari reklama beruvchining tijorat taklifining maqsadini va afzalligini qisqa shaklda ifoda etadi. Reklama e’lonining asosiy mavzusi kichik harflarda yozilib, reklama murojaati maqsadini to‘liq ifodalaydi, xaridor uchun mahsulotning foydali tomonlarini va afzalliklarini ta’kidlaydi. E’lonning oxirida xaridorlar murojaat qilishi uchun manzili, telefon, faks yoki boshqa reklama vizitlari keltiriladi. Reklama e’lonini tasviriy bezash iloji boricha uning mazmuniga mos kelishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining timsollari asosiy elementlari (mahsulot belgisi) ajratib ko‘rsatilishi lozim. Sharh – reklama ko‘rinishidagi maqola va boshqa nashrlar material shakliga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati haqida sharh beruvchi shaklda yoki uning rahbarlari, ish bo‘yicha hamkorlari va xaridorlari bilan bo‘lgan suhbat (muloqot) shaklida yoziladi. Bu kabi materiallar yaxshi illustratsiyalangan bo‘lishi kerak, chunki illustratsiyasiz katta samara bermaydi. Reklama e’lonlari va sharh – reklamalarini chop etishda gazeta, jur nal, bulleten, turli ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar kabi nashr turlaridan foydalaniladi. Mavzusiga ko‘ra barcha matbuotdagi reklama nashrlarini ommaviy-siyosiy va ixtisoslashganligiga ko‘ra turlarga ajratish mumkin. Ommaviy-siyosiy nashrlarda iste’molchilarning keng qatlamiga mo‘ljallangan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi reklama e’lonlari asosan chop etiladi. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar haqidagi reklama e’lonlari fan va texnika, ishlab chiqarish tarmoqlari mutaxassisliklari o‘qishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus nashrlarda chop etilishi maqsadga muvofiqdir. Tezkorligi va keng tarqatilishiga ko‘ra matbuotdagi reklama boshqa reklama vositalari ichida eng samarali hisoblanadi. Iqtisodi rivojlangan davlatlarda matbuot reklamalariga ketgan sarf-xarajatlar reklamaga sarflangan xarajatalarning katta qismini tashkil etadi. Mamlakatimizda ham reklamaning bu turi ancha rivojlanayapti. Reklama e’lonlarini chop etish uchun buyurtma oluvchi ommaviy-siyosiy va ixtisoslashgan nashrlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Matbuotdagi reklama iste’molchilar va potensial xaridorlarning xohlagan guruhiga yetib borishi uchun eng to‘g‘ri keladigan nashrni tanlash zarur. Buning uchun gazeta, jurnallarga turli xildagi berilgan ro‘yxatni tuzib, tirajini ham bilish mumkin. Rejalashtirilayotgan reklama kompaniyasi doirasida foydalanish uchun tanlanayotgan nashrning afzalliklarini baholash ko‘pincha tom ma’noga tayanadi. Ammo, solishtirishning matematik usuli ham mavjud bo‘lib, u reklama kompaniyasini rejalashtirishning boshlang‘ich qismida foydali bo‘ladi. Reklamani joylashtirish uchun nashrni tanlashda uning davriyligi katta ahamiyatga ega. Kundalik gazetalar kun o‘tishi bilan tashlab yuboriladi. Mahalliy haftanomalar gazeta yoki jurnallarga ko‘pincha bir necha marta qaralishi mumkin va yetti kun davomida saqlanadi. Oyda bir marta chiqadigan jurnallar yanada ko‘proq muddatga saqlanadi. Kundalik gazetalarning haftanomalardan asosiy farqi unga qaraganda oila a’zolari kamroq o‘qishadi, kechki nashrlarga ko‘pincha televizion dasturlar bo‘lgani uchungina murojaat etiladi. Haftanomalar va oylik jurnallarni oila a’zolari o‘qib bo‘lishgach, yaqin tanish va do‘stlariga berishlari ham mumkin. Bundan tashqari, ular reklamaga dolzarblik muhitini beradi va gazetani tez tashlab yuborilishi esa o‘quvchilarni tezkorlik bilan harakat qilishlariga olib kelishi mumkin. Gazeta va jurnallardagi reklamaga rang berish, bezash va ijodiy joziba berish ham o‘ziga xos bir uyg‘unlikni baxsh etadi. Fotosuratlar, rasmlar yoki slaydlarni bosib chiqarishda rangli bosmadan foydalanish ancha qimmatliligiga qaramasdan, ma’lum vaqtlarda to‘liq o‘zini moliyaviy jihatdan qoplashi mumkin. Ba’zida reklama e’lonlarini oq-qora variantda joylashtirib, o‘quvchilarni o‘zingizda bor bo‘lgan rangli nashrlarga bo‘lgan talablarini yuborishlarini so‘rashingiz mumkin. Biroq, savdo yoki texnik jurnalda ko‘p rangli varaqa yoki alohida bosilgan prospekt kiritilishi qanchaga tushishini oldindan aniqlash lozim. Matbuotda beriladigan reklama e’lonlarining katta kichikligi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tadbirkor bozorga yangi mahsulot chiqarayotgan bo‘lsa, uni qo‘llash, afzalliklari haqida aytib o‘tish uchun gazeta va jurnaldagi katta maydonlar kerak bo‘ladi. Ammo kamtarona budjet bilan ham pulni iqtisod qilish va o‘quvchilarda tovar haqida ko‘proq bilishga qiziqish uyg‘otish mumkin, so‘ngra esa ularni namoyish zaliga borishga, telefon orqali qo‘ng‘iroq qilishga, varaqa so‘rashga yoki mahalliy dilerga kirishga undash mumkin, buning uchun kam sahifali reklama e’lonlarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bosma reklamalar turlari – reklama qilish jarayonida asosiy reklama turlaridan hisoblanadi. Bosma reklama vositalari, o‘zining qo‘llanilish usuliga, xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: – varaqalar; – prospektlar; – kataloglar; – bukletlar; – maxsus reklama nashrlari – xatlar, tabriknomalar, eslatmalar. Varaqalar – bitta yoki bir necha tovar guruhlarini, masalan, velosiped, magnitafonlarni va boshqa shunga o‘xshash nooziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishga qulayligi bilan ajralib turadi. Varaqalarda reklama qilinayotgan tovarlarning eng muhim xususiyati, sifatiga asosiy e’tibor berilib, iste’molchilar nazariga tez tushadigan va ularning e’tiborini o‘ziga tortadigan qilib tasvirlanadi. Prospektlar – texnik jihatdan murakkab tovarlarni keng yoritishda, ularning tayyorlanish texnologiyasi va ulardan qanday qo‘llanilish usullarni maxsus ko‘rsatmalar, tavsiyalar orqali targ‘ib qilishga mo‘ljallangan reklama vositasidir. Prospektlarni chiqarishdan asosiy maqsad, iste’molchilarni tovarlarning xususiyatlari, texnik tuzilishi, ishlash muddati, kafolati, ulardan foydalanish usullari va qanday asrash, saqlash yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng tarzda beriladi. Kataloglar – tadbirkorlik faoliyati tizimida ma’lum bir savdo qilish jarayonida tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng yoritib berishga mo‘ljallangan. Unda har bir tovarning tasviri tushurilgan bo‘lib, uning qisqacha tavsifi, hajmi va narxi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ushbu reklama turi nafaqat iste’molchilar uchun balki, tovarlarni sotuvchi agentlar, savdo xodimlari va mutaxassislar uchun ham mo‘ljallangan bo‘ladi. Bukletlar – mamlakatimizda ushbu reklama turi boshqalariga nisbatan unchalik keng rivojlanmagan. U asosan pochta orqali «direct mile» manzil ga, katta varaqalarda tovarlarni suratlar tarzida yoki jadvallar ko‘rinishida ifodalanib iste’molchilarga yuborishga mo‘ljallangan. Maxsus reklama nashrlari – xatlar, tabriknomalar, eslatmalar eng oddiy ixcham va sodda reklama turlaridan iborat bo‘lib, asosan ixtisoslashgan va yirik savdo tarmoqlarida eng ko‘p muntazam ravishda doimo qo‘llaniladi. Xatlar – alohida olingan donabay tovarlarni reklama qilishga mo‘ljallangan. Tabriknomalar – maxsus tayyorlangan oddiy ko‘rinishda bo‘lib, ular pochta orqali yuboriladi. Eslatmalar – iste’molchilariga sotib olingan tovarlari haqida qanday foydalanish, asrash va boshqa zaruriy ko‘rsatmalar tarzida ma’lumotlar berishdan iborat. Plakat-grafika reklamalari – bir yoki bir nechta tovar guruhlarini, faoliyat ko‘rsatayotgan, yangi tadbirkorlik faoliyatlarini reklama qilishiga mo‘ljallangan. Plakat-grafika reklama vositalariga: – plakatlar; – maxsus tayyorlangan xitlar; – afishalar kiradi. Plakatlar, asosan reklama qilinayotgan obyektning ahamiyatiga, mohiyatiga va xususiyatiga ko‘ra ko‘chalar yuzida, umumiy dam olish joylarida, shahar transport vositalarida va shunga o‘xshash joylarda o‘rnatilishi mumkin. Plakatlar o‘zining tasviriy jozibador bezaklari bilan, reklama qilinayotgan tovarlarni aniq tasvirlar ravishda ko‘rsatilishi va hammabop tushunarli qilib ifodalanishi bilan boshqa reklama turlaridan ajralib turadi. Maxsus tayyorlangan xatlari – shahar, tuman markaziy maydonlarida, shahar ko‘chalarining umumiy kesishgan joylarida, ko‘p qavatli binolarning devorlarida, avtomobil yo‘l trassalarining bo‘ylarida va ko‘zga tashlanadigan joylarda o‘rnatilishi mumkin. Xatlarda reklama matnlari bilan birga turli janrlarda tasvirlangan rasmlar va chizmalar bo‘lishi mumkin. Afishalar – o‘zining tuzilishi, mohiyatiga ko‘ra faqat reklama matnlaridan iborat bo‘ladi. Reklama afishalarining o‘lchami chegaralanmagan bo‘lib, reklama qilinayotgan obyektning mohiyatini ochib berishga mo‘ljallangan matn hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Kino reklamalari – reklama turlari ichida eng samarali vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Kino reklamalarining obyekti bo‘lib, yangi tuzilayotgan yoki tashkil etilayotgan tadbirkorlik faoliyatlari, ularni xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sohalari va boshqalari hisoblanadi. Kino reklamalar qo‘llanilish mohiyatiga ko‘ra: – qisqa metrajli televizion reklamalar; – diapozitiv filmlar. Qisqa metrajli televizion reklamalar – qisqa muddatli 5 daqiqadan oshmagan, qiziqarli, ifodali va hammabop tushunarli ravishda tayyorlangan bo‘ladi. Ko‘p hollarda tomoshabinlarning e’tiborlarini jalb qilish maqsadida ko‘pincha kulgili, komediya va multiplikatsiyalardan foydalaniladi. Shuningdek, reklama filmlarida mashhur, mahoratli kinoartistlar, sportchilar va qo‘shiqchilarni taklif qilish natijasida samarali reklamalar tayyorlanadi. Diapozitiv filmlar – o‘zining turli-tumanligi bilan boshqa kino reklamalaridan ajralib turadi. Diafilmlar, asosan, mahsulotlarni sotish ko‘rgazmalarida, madaniyat uylarida, shuningdek, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan marketing xizmatlarini yaxshilash va uning darajasini oshirish maqsadida maxsus uyushtirilgan seminarlarda va konferensiyalarda reklamalarni namoyish qilishga mo‘ljallangan. Kino reklama tayyorlash va namoyish qilishga ko‘ra: – reklama roliklariga; – texnik reklamalarga bo‘linadi. Eng keng tarqalgan turlari ichida – televizion reklama roliklarini, television reklama e’lonlarini, reklama telereportajlari va teleko‘rsatuvlarni, ko‘rsatuvlar orasidagi tanaffusdagi telezastavkalarni ajratish mumkin. Teleroliklar – bu televideniye orqali namoyish qilinadigan, 15 sekunddan 3 minutgacha davom etadigan, ko‘pincha reklama kino yoki videoroliklaridir. Radio reklamalari – xaridorlarni reklama vositalari bilan qamrab olishga radio va telereklama eng ommaviy hisoblanadi. O‘zining nisbatan yosh bo‘lishiga qaramasdan, ular reklamaning boshqa vositalari bilan raqobatlashadi, doimo rivojlanib, takomillashib boradi. Radio e’lonlar, radioroliklar, turli radio jurnallar va reklama radioreportajlari radio orqali reklamaning eng keng tarqalgan turlaridir. Radioe’lon – bu diktofon orqali o‘qiladigan axborotdir. Radiorolik – bu alohida tayyorlangan o‘yinli radiosujet bo‘lib, u original yo‘sinda, ko‘pincha hazil ko‘rinishida va odatda, musiqa hamkorligida taklif etilayotgan mahsulot, tovar yoki xizmatlar haqida axborot beradi. Ba’zan reklama radioroligi uncha katta bo‘lmagan reklama shaklida bo‘lishi mumkin. Radiojurnal – axborot reklama xarakteridagi tematik radio eshittirish bo‘lib, uning alohida elementlari qisqa «konferans» orqali birlashadi, qandaydir yarmarka, ko‘rgazma-sotishlar yoki boshqa voqealar haqidagi radioreportajlar ham to‘g‘ri, ham majoziy reklamani o‘z ichiga olishi mumkin, xarid qilingan mahsulot to‘g‘risida xaridorning fikri, yangi mahsulotlar haqida ma’lumotlar va hokazolar. Yoritish reklama – qo‘llanilishiga ko‘ra iste’molchilar e’tiborlarini tez jalb qilishligi bilan reklama turlari ichida muhimi hisoblanadi. Ushbu reklama vositalariga: – vivieskalar; – elektr pannolar; – stendlar; – transparantlar kiradi. Yoritish reklama vositalari uchun qo‘llaniladigan jihozlarga asosan quyidagilar kiradi: – elektr quvvati; – gaz bilan yorituvchilar; – reklama matnlarining harakatlanishi va ranglarni almashinishiga ko‘ra statistik va dinamik vositalari bo‘lishi mumkin. Reklama – kommunikatsiya vositasi bo‘lib, u tadbirkorning bevosita muloqot o‘rnatilmagan potensial xaridorlariga axborot uzatishiga imkon beradi. Tadbirkor reklama yordamida tovar markasining imidjini yaratadi va sotuvchilar tomonidan hamkorlik orqali pirovard iste’molchilarda aniqlikni shakllantiradi. Reklama kanallarining rolini tanlash. Reklamaning reklama beruvchi va xaridor uchun qanday ahamiyatga: – reklama beruvchi uchun reklamadan maqsad – axborotlarni iste’molchilarga yetkazish va tovarga bo‘lgan talabni kengaytirish maqsadida ularning moyilligiga erishishdir; – reklama iste’molchini tovarning alohida xususiyatlarini aniqlashga ketadigan vaqti va mablag‘larini tejaydi. Reklama rivojlangan sari, uning turli – tuman ko‘rinishlardagi shakllari ko‘payib bormoqda, shu sababli reklama beruvchilar birgina axborot kanalidan foydalansa ham, ularning ixtiyorida reklama uslublarining keng assortimenti mavjuddir. Imidj reklamasi tovarga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning maqsadi xaridorning ushbu markaga bo‘lgan munosabatini shakllantirishdan iboratdir. Bu holda “reklama beruvchilarning ijodiy xatti-harakatlari nafaqat xaridorning darhol munosabatiga, balki keyinchalik xaridga olib keluvchi ijobiy munosabatni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi”. Undovchi reklamaning asosiy vazifasi xaridorning munosabatlariga emas, balki uning xatti- harakatlariga ta’sir qilishdan iboratdir. Reklama axboroti tovar yoki xizmatni xarid qilishga undashi kerak, shuning uchun uning samarasi qisqa muddatli bo‘ladi va savdoning borishi bilan baholanadi. Bunday reklama uslubi tajovuzkorroq bo‘lsa-da, u ham aslida imidj yaratish vazifasiga o‘xshab ketadi. Interaktiv reklama muayyan bir shaxsga moslashtirilgan reklama axboroti bo‘lib, uning maqsadi potensial xaridor bilan uning javobini rag‘batlantirish orqali muloqot o‘rnatishdir. Tadbirkor xaridorning javob reaksiyasi asosida tijorat munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi. Reklamaning bu turi avvalgi ikki reklama uslubining vazifalarini o‘zida mujassamlashgan, imidjni yaratish va ayni paytda axborotning samarasini darhol baholashga imkon beruvchi ma’lumot bir xatti-harakatlarni erishishga intiladi. Tashkilot reklamasining vazifasi – ommaning turli tabaqalari orasida tadbirkorga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish yoki kuchaytirishdan iboratdir. Tadbirkorning imidjini shakllantirish uning faoliyat turlarini tavsiflash va uning afzal tomonlari, ustunliklari, xislatlari va imkoniyatlariga e’tiborni jalb qilish orqali firma va uning mijozlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitini yaratish haqida bormoqda. Bunda reklamaga boy bo‘lgan, xaridorlar xilma-xil tovarlarning reklamasidan zerikkan muhitda alohida kommunikatsiya yo‘llarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling