13-mavzu. Paxta tо‘qimachilik klasterlarini tashkil etish asoslari


-jadval Tо‘qimachilik sanoatida 2020 yilda hududlar kesimda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi4


Download 92.13 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi92.13 Kb.
#1591769
1   2   3   4
Bog'liq
13-мавзу. Пахта-тўқимачилик кластерларини ташкил этиш асослари (1)

1-jadval
Tо‘qimachilik sanoatida 2020 yilda hududlar kesimda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi4

Hududlar

2020 y.

100 %

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi

212,4

1,6

2. Andijon viloyati

1712,4

12,9

3. Buxoro viloyati

2044,2

15,4

4. Jizzax viloyati

292,0

2,2

5. Navoiy viloyati

26,5

0,2

6. Namangan viloyati

969,0

7,3

7. Samarqand viloyati

464,6

3,5

8. Sirdaryo viloyati

292,0

2,2

9. Surxondaryo viloyati

199,1

1,5

10. Toshkent viloyati

1805,3

13,6

11. Farg‘ona viloyati

2774,3

20,9

12. Qashqadaryo viloyati

159,3

1,2

13. Xorazm viloyati

37,7

2,8

14. Toshkent shahri

1951,3

14,7

Jami

13274,1

100

Hududlar kesimda tо‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va salmog‘i ma’lumotlariga asoslanib, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent, Andijon viloyatlari va Toshkent shahri tо‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bо‘yicha eng katta salmoqqa ega ekanligi kо‘rsatilgan. Paxta-tо‘qimachilik klasterlarini tashkil etilishi mintaqalarning iqtisodiy jihatdan rivojlanishini ta’minlash omillaridan biri ekanligi asoslangan.
О‘zbekiston Respublikasida ham ayni ushbu tizim hozirda ancha rivojlandi. 2017-yilda prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan Buxoroga tashrifi vaqtida mazkur masala bо‘yicha alohida tо‘xtalib о‘tgan. Ushbu yig‘ilishda yurtboshimiz klaster tizimi haqida “...tо‘qimachilik korxonalarimiz oyoqqa turib oldi, bu korxonalar endi paxtachilikda mustahkam manba sifatida ishlab keta oladi” 5 deb ta’kidlagan edilar.
Shavkat Mirziyoyev buni oddiy qilib tushuntirib berdilar, «...paxtachilik sanoati sohaga katta sarmoya kiritgan va endi tо‘qimachilikka kafolatlangan miqdorda xomashyo kerak. Tо‘qimachilik sohasi ishbilarmonlari bunga bemalol kirishib keta oladi».
Rivojlanishning hozirgi vaqtdagi darajasida davlat tomonidan paxta-tо‘qimachilik klasterlarini tashkil etish va faoliyatini amalga oshirish davlat tomonidan har tomonlama qо‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Paxta-tо‘qimachilik sohasida klasterlarni tashkil etish va samarali faoliyatini yо‘lga qо‘yish tо‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning innovatsion mehanizmlaridan biri bо‘lib qoldi va shu sababli bu faoliyat qо‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Klasterlash orqali tо‘qimachilik sanoati korxonalari va xо‘jaliklari faoliyati optimallashtiriladi.
Ayniqsa ushbu tizimning mamlakat qishloq xо‘jaligida kо‘rsatgan samarasi e’tirof etishga molikdir. Qishloq xо‘jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan kо‘zlangan maqsadga erishib bо‘lmasligini bugun hayotning о‘zi kо‘rsatib turibdi. Keyingi yillarda birlamchi qayta ishlash sanoatida qishloq xо‘jaligida amalga oshirilgan yutuqlarimiz kо‘lami kengayib borayotgani ana shu jihatdan e’tiborga molikdir. Jumladan, Toshkent viloyatida ham 2018-2021 yillarda barcha sohalarga klaster tizimi keng joriy etildi. Xususan, viloyatda 50 ta agroklasterlarning faoliyati yо‘lga qо‘yilib, ularga fermerlar biriktirilayotgani о‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar barqarorlashishi, raqobatbardoshlik oshishida mustahkam zamin bо‘lmoqda. Bugungi kunda yalpi qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining 20,5 foizi agroklasterlar tomonidan tayyorlanmoqda. Natijada sо‘nggi 5 yilda hududlarda 31,5 mingdan ortiq yangi ish о‘rinlari yaratildi.
Bu yilgi mavsumda ham paxta-tо‘qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mо‘l hosil yetishtirishdi.
Xususan, klasterlar tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi о‘tgan yillarga nisbatan 1,2 barobarga va hosildorlik 5-6 sentnerga oshgani e’tiborga molik.
Masalan, О‘rta Chirchiq tumanida faoliyat olib borayotgan “Kо‘kcha Textil” MCHJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish bо‘yicha yilik quvvati 6,5 ming tonna bо‘lgan, qiymati 140 mlrd. sо‘mlik yangi loyihani ishga tushirish hisobiga 1050 ta yangi ish о‘rni yaratilayapti.
2020-2021 yillarda meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan ham о‘tgan davrga nisbatan mahsulot yetishtirish hajmi 115,6 foizga oshganini kuzatish mumkin. E’tiborlisi, ular tomonidan 35,4 mln. dollarlik qishloq xо‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi.
Bundan tashqari, viloyatda 2021 yilda umumiy quvvati 13 ming tonna va saqlash sig‘imi 10 ming tonnaga ega bо‘lgan 2 ta agrologistika markazi faoliyati yо‘lga qо‘yildi.
Joriy yilda g‘alla yetishtirish 100 foiz klaster usulda amalga oshirilishi hisobiga о‘tgan yillarga nisbatan yalpi hosil 1,2 barobarga, hosildorlik esa 7-8 sentnerga oshdi. 2022-2025 yillarda viloyatda sholichilik, pillachilik yо‘nalishidagi klasterlar tomonidan ham yana
3 mingga yaqin ish о‘rinlari yaratish rejalashtirildi.
Yana bir e’tiborga molik jihat — klaster usuli yо‘lga qо‘yilganidan sо‘ng sohaga 762,2 mlrd.sо‘mlik 4609 ta zamonaviy qishloq xо‘jaligi texnikalari xarid qilinishi evaziga hosildorlik ham, daromad ham oshganligini kо‘rish mumkin.
Shuningdek, joriy yil hosili uchun paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish natijasida 4364 gektar paxta maydonlari uchun 39,1 mlrd. sо‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Viloyatda qishloq xо‘jalik mahsulotlarini yetishtirish borasida klaster tizimini yо‘lga qо‘yish о‘z samarasini berayotganini inobatga olib, hozirda 8 ta tumandagi fermer xо‘jaliklari klasterlarga biriktirilgan.
Masalan, Bо‘ka tumanidagi “MELEK DON AGRO” MCHJning jamg‘arma tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan jami 37,5 mlrd sо‘mlik qarzdorligi mavjud bо‘lib, shundan fermer xо‘jaliklar oldidagi yakuniy hisob-kitoblardagi qarzdorligi 10 mlrd. sо‘mni tashkil etmoqda6. Shundan kelib chiqib, 14 ming 800 gektar maydon hududda faoliyat kо‘rsatib keluvchi “SANTA GROUP AGRO” MCHJga biriktirilib berildi.
Respublikasmizda keyingi vaqtlarda tо‘qimachilik sanoati kun sayin ijobiy tomonga о‘zgarib bormoqda. Quyidagi 2-rasmda 2016-2021 yillardagi tо‘qimachilik sanoating iqtisodiy kо‘rsatkichlari berilgan.


2-rasm. 2016-2021 yillarda О‘zbekiston tо‘qimachilik sanoatining о‘sishi7.

Ushbu 2-rasm ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, mamlakatimizda 2021 yilga kelib tо‘qimachilik sanoatida keskin kо‘tarilishi kuzatilgan. Mamlakatning sanoat ishlab chiqarishdagi ulishi 2016 yilda 7,5%, 2021 yilda-14,7%, Jami daromadlar 2016 yilda 51,8%ga. 2020 yilda 38.2% ni tashkil qilgan.


Marli, trikataj maxsulotlari, paypoq ishlab chiqarish 2016 yilda 16,5%ni, 2020 yilda 19,8%ni, tikuv trikotaj mahsulotlarini 2016 yilda 31,75ni. 2020 yilda 42,3% ga oshdi. Sohada ish о‘rinlari esa 2020 yilda 315 ming kishini. 2021 yilga borib 336 ming kishini tashkil etdi.

Download 92.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling