13-mavzu. Paxta tо‘qimachilik klasterlarini tashkil etish asoslari


Download 92.13 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi92.13 Kb.
#1591769
1   2   3   4
Bog'liq
13-мавзу. Пахта-тўқимачилик кластерларини ташкил этиш асослари (1)

Jaxon mamlakatlari klasterlari

T/r

Davlatlar

Klasterlar

1

Germaniya

Bio Regio Biotexnologiya Klaster

2

Norvegiya

“Dengiz iqtisodiyoti"klasteridagi

3

Finlyandiya

“Yog‘och va yog‘och buyumlari, qog‘oz, mebel, matbaa va tegishli asbob-uskunalar ishlab chiqarishni о‘z ichiga olgan о‘rmon “ klasteri

4

Fransiya

«Oziq-ovqat mahsulotlari», «Kosmetika» klasterlari

1-rasm. Jaxon mamlakatlari klasteri


Ushbu rasm ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, Germaniyada 1995 yildan beri Bio Regio Biotexnologiya Klaster dasturi faoliyat kо‘rsatmoqda. Buyuk Britaniyada hukumat biotexnologik firmalar joylashgan asosiy hududlar sifatida edinburgh, Oksford va sharqiy Angliyaning atrofini aniqladi. Norvegiyada  davlat "dengiz iqtisodiyoti" klasteridagi kompaniyalar о‘rtasida hamkorlikni rag‘batlantiradi. Finlyandiyada yog‘och va yog‘och buyumlari, qog‘oz, mebel, matbaa va tegishli asbob-uskunalar ishlab chiqarishni о‘z ichiga olgan о‘rmon klasteri ishlab chiqilgan. 


Jaxon mamlakatlaridan, Finlyandiya va Skandinaviya, Qо‘shma Shtatlarda korxonalarning yarmidan kо‘pi ushbu ishlab chiqarish modeliga muvofiq ishlaydi - klaster korxonalari bir mintaqada joylashgan va tabiiy, kadrlar va integratsiya salohiyatidan foydalanishadi.
Germaniyaning asosiy sanoat klasterlari (kimyo, muhandislik) va Fransiya (oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika) о‘tgan asrning 50-60-yillarida shakllangan. Natijada, barcha tarmoqlar guruhlarining klasterlar ichida о‘zaro ishlashi bandlik, investitsiyalarning о‘sishiga yordam berdi  milliy iqtisodiyotda ilg‘or texnologiyalarning tarqalishini jadallashtirdi.
Ushbu klasterdagi firmalarning bilimlarni tarqatishda yaqin hamkorliklari ularni asosiy savdo raqobatchilari bо‘yicha raqobatbardosh afzalliklar bilan ta’minlaydi. Mutaxassislarning fikriga kо‘ra, Finlyandiya tadqiqot va texnologiya sohasidagi hamkorlik bо‘yicha yetakchilik qiladi.
Shunday qilib, turli yondashuvlarga qaramasdan, kо‘pchilik yevropa mamlakatlari о‘zlari uchun maxsus klaster strategiyasini ishlab chiqdilar. Bunday strategiyani eng aniq izlayotgan mamlakatlar Daniya, Gollandiya, Flemish Belgiya, Kvebek (Kanada), Finlyandiya, shuningdek, Janubiy Afrika (yangi hukumat bilan). Fransiya va Italiya boshqa bir nom ostida bо‘lsa-da, о‘ziga xos bir klaster strategiyasi uzoq vaqt davomida amal qilgan mamlakatlar misoli sifatida xizmat qilishi mumkin.
О‘zbekiston Respublikasi viloyatlari kesimida klaster tuzilmalarini tashkil etish va faoliyat olib borish samaradorligini oshirishda hududlar iqtisodiyotining asosiy yо‘nalishlarini asoslashda tо‘qimachilik sanoatida 2020 yilda hududlar kesimda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha tadqiq etilgan (1-jadval).

Download 92.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling