13-mavzu: pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish funksiyalari


O‘qituvchining amaliy tayyorgarligi


Download 76.19 Kb.
bet3/6
Sana30.01.2023
Hajmi76.19 Kb.
#1141662
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-dars

O‘qituvchining amaliy tayyorgarligi
Ta’limni kompyuterlashtirish muammosi pedagogika fanida taxminan yarim asr oldin pavdo bo‘lgan zamonaviy yo‘nalish hisoblanadi. Unga bag‘ishlangan adabiyotlar yildan yilga jadal sur’atlar bilan k o‘payib bormoqda. Fransiyada 1987 yilda informatika bo‘yicha yangi milliy reja qabul qilingan va rejaning asosiy yo‘nalishi yuqori sifatli PDTlarni yaratish, bu muammoni ilmiy hal qilishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat deb belgilangan. Shu jumladan. AQSH, Angliya, Germaniya, Yaponiya. Kanada. Avstraliya, Janubiy Koreya. Rossiyada shu yo‘nalishdagi psixologik, pedagogik.didaktik. uslubiy, texnik va texnologik izlanishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Olimlarning monografik asarlarini tahlil qilish asosida PDTlar xususidagi fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.O‘qituvchi va PDTlar haqida gapiradigan bo‘lsak. F.Amari o‘qituvchilar PDTdan foydalanuvchi emas, balki ularning yaratuvchisi bo‘lishi lozimligini taklif qilgan.U: «Bu bilan o‘qituvchi o‘zining o‘qitish g‘oyasini dasturda shakllantirishi. uni tahlil qilish, qo‘llash va baholash orqali takomillashtirishi mumkin», - deydi. O‘qituvchining dars berishi o‘quvchilarning ham mustaqil o‘rganishi bevosita suhbatlar asosida o‘rganish nazarda tutilgan PDTlarni S.Demetriadis va boshqalar ma’qullagan.
I.Robertning yozishicha, sifatli PDTIar asosida ta’limni kompyuterlashtirishning qator afzalliklari mavjud:

  • -o‘quvchilarning interfaol holatda ishlashlari ta’minlanadi;

  • foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasida uzluksiz teskari aloqa o‘rnatiladi;

  • o‘rganilayotgan hodisalarni vizuallashtirishda model, grafik, chizma. jadvallardan unumli foydalaniladi;

  • -ekranda tasvirlanayotgan hodisalarni boshqarish osonlashadi;

  • -tahlil qilinayotgan narsa-hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni qayd qilish.saqlash. qayta ishlash imkoniyatlari paydo bo‘ladi;

  • -ta’lim jarayonini yakkama-yakkalashtirish yaxshilanadi;

  • -ta’limni tabaqalash uehun shart-sharoit yaratiladi;

  • -o‘quvchilar o‘zlashtirishini uzluksiz nazorat qilish imkoniyatlari oshadi;

  • axborotlarni markaziy ma’lumotlar omborida saqlash va ulardan foydalanishning qulay yo‘Uari zudlik bilan tanlanadi;

  • -o‘rganilayotgan axborotlarni puxta o‘zlashtirish uehun ularga takroriy murojaat qilib turish yengillashadi;

  • -axborotlarga qayta ishlov berish jarayoni avtomatlashtiriladi .

«Ta'lim vositalari - o‘quv materialini o‘rgatishda o‘qituvchi o‘zi bilan bolalar o‘rtasiga qo‘yadigan moddiy va moddiylashtirilgan predmetlardir».Xuddi shunday, PDT vositalari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagi uch guruhga ajratish mumkin
PDT vositalari:

  • Texnik

  • Dasturiy

  • Didaktik



1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling