13-mavzu. Qo’rg’oshin. Texnogen qor’g’oshin manbalari Reja
Download 135 Kb.
|
Ma`ruza 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki valentli qo’rg’shin birikmalari . Qo’rg’oshin (II) oksid .
Qo’rg’oshin birikmalari. Ikki va to’rt valentli qo’rg’oshin birikmalari mavjud. Qo’rg’oshin kislotalarda eriganda ikki valentli tuzlari hosil bo’ladi. Ikki valentli qo’rg’oshin birikmalari nihoyatda barqaror, ularni to’rt valentli qo’rg’oshin birikmalariga o’tkazish uchun kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirish kerak. Ikki valentli qo’rg’oshin birikmalari kuchsiz qaytaruvchi xossalar namoyon qilmaydi, to’rt valentli qo’rg’oshin birikmalari esa kuchli oksidlovchilar hisoblanadi.
To’rt valentli qo’rg’oshin birikmalarining umumiy soni ikki valentli qo’rg’oshin birikmalarinikiga qaraganda ancha kam. Qo’rg’oshin uch xil oksid RbO, RbO2 va Rb3O4 hosil qiladi. Ular rangli moddalardir. Qo’rg’oshinning barcha birikmalari zaharli. Ikki valentli qo’rg’shin birikmalari. Qo’rg’oshin (II) oksid. Qo’rg’oshin havoda qizdirilsa sariq rangli qo’rg’oshin (II) oksid PbO olinadi. Qo’rg’oshin(II)- gidroksid qizdirilganda u o’z tarkibidagi suvni yuqotib, qizil rangli qo’rg’oshin (II)- oksidga aylanadi. PbO glyot nomi bilan yuritiladi. 2Pb + O2→ 2PbO Pb(OH)2 → PbO + H2O Agar glyot uzoq vaqt qizdirilsa, qovoq rangli kukun holidagi surik Rb3O4 hosil bo’ladi. 6PbO + O2 → 2Pb3O4 Qo’rg’oshin (II)- gidroksid oq rangli modda bo’lib, qo’rg’oshin tuzlari eritmasiga kuchli ishqor ta'sir etishidan hosil bo’ladi. Pb(NO3)2 + 2NaOH → Pb(OH)2 + 2NaNO3 U ishqorlar bilan ham, kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishadi. 100 g suvda 20C da 1,2 mg Pb(OH)2 eriydi. Uning asos sifatidagi birinchi bosqich dissotsilanish konstantasi 4-10~5 ga teng. Uning kislota sifatidagi dissotsilanish konstantasi 10-12 ga teng. Pb(OH)2 + 2HCl = PbCl2 + 2H2O Pb(OH)2 + 2NaOH = Na2PbO2 + 2H2O Qo’rg’oshin (II) sulfid — tabiatda galenit minerali holida uchraydi. U kislotalarda oz eriydigan sulfidlardan biridir. Uning eruvchanlik ko’paytmasi EK=[Rb2+]•[S2-] = 3,4-10-28. Qo’rg’oshin (II)- sulfid kristallari detektor apparatlar uchun ishlatiladi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling