Jiydaguldoshlar (Elaeagnales) oilasi. Buta qisman daraxt hayot shaklidagi о‘simliklar.
Tanasi panjasimmon kipiklar yoki yulduzsimon tuklar bilan kalin koplangan. Barglari oddiy, yon
bargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan. Guli monopodial shoxlangan tup gullar
(ratsemoz) da joylashgan, kush jinsli, aktinomorf 4 a’zoli. Changchilari kosacha barglari bilan
tutash. Urug‘chisi bitta meva bargidan shakllangan, tugunchasi ustki.
Gul formulasi: P
( )
4
(tashki tomoni kumush rang, ichki tomoni sarik) A
4
G
1
. Mevasi
danakli, danagi ust tomondan shirali yoki kuruk et bilan koplangan. Mevasi oziq-ovqat sifatida
iste’mol qilinadi. Tarkibida 0,3 % vitamin, oshlovchi moddalar, shakar, kraxmal va oksil bor.
Jiydalar ixota daraxtlari sifatida foydalaniladi. Bol beruvchi о‘simlik.
Jiydaning kumush rangli ekma nok jiyda - Elaeagnus Orientalis va E. angustifolia yovvoyi
jiyda deb yuritiladigan turi O‘zbekistonda keng tarqalgan bо‘lib, uchraydi. Xar ikkala tur bir-
biridan barg va mevaning shakli va tuzilishi bilan fark kiladi.
Hippophae - chirqanoqlar turkumi. Tikanli daraxt, barglari uzun tortgan, lansetsimon,
gullari barg kultigida, ayrim (aloxida) jinsli, boshoksimon gul tuplamlarida novda kultigida
joylashgan. Gul formulasi: P
2
A
4
G
0
, P
(2)
A
0
G
1
. Mevasi sarik rangli shirali danak. Muhim oziq-ovqat
dorivor va yog beradigan о‘simlik. Mevasi ovkat sifatida, poyasi muhim yogoch sifatida, bargi
oshlovchi moddalar oldishda, novdalari sarik va qoramtir kungir rangli buyok olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |