13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja


Ra’nokabilar - Rosidae sinfchasiga umumiy tavsif


Download 291.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana02.01.2022
Hajmi291.48 Kb.
#195713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
13-maruza

Ra’nokabilar - Rosidae sinfchasiga umumiy tavsif 

Bu sinfcha ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha hisoblanadi. Shu bilan birga, bir 

muncha  qadimgi  va  rivojlangan  turlarni  о‘z  ichiga  oladi.  Hayotiy  shakli  daraxtdan  tortib  to  о‘t 

о‘simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba’zan 

ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va о‘rta.  

Qabilaga mansub turlar daraxt, buta va o‘tsimon o‘simliklar. Barglari navbatlashib yoki 

qarama-qarshi  joylashgan,  oddiy  yoki  murakkab.  Gullari  qo‘sh  jinsli  yoki  alohida  jinsli.  Gul 

qo‘rg‘oni 5 a’zoli. Changchilari ko‘p. Urug‘chisi apokarp, ayrim hollarda sinkarp. Mevasi turli-

tuman tuzilishli, (yong‘oqcha, danak yoki boshoqcha). 

O‘simliklar sistematikasi fanining ko‘pchilik namoyandalari bu qabila tarkibida Posaceae, 

Saxifragraceae,  Crasullaceae  va  boshqa  shunga  yaqin  oilalarning  kiritilishini  qonuniy  deb 

biladilar.  Ularning  fikricha,  bu  qabila  ulkan  filogenetik  bog‘lam  bo‘lib,  o‘zining  kelib  chiqishi 

bilan bularga ko‘pgina ikki pallali o‘simliklar Fabaceae, Myraceae oilalari shu qabila bilan uzviy 

bog‘liq deb qaraydilar. Biz Taxtadjyan sistematikasiga suyangan holda Ra’noguldoshlar oilasini 

o‘z  belgilari  bilan  unga  yaqin  bo‘lgan  ikkita  tropik  o‘lkalar  uchun  xos  uncha  katta  bo‘lmagan 

(Chrisobalanaceae  va  Neuradaceae)  ikki  oilani  birlashtirgan  alohida  Ra’nogullilar  (Rosales) 

qabilasiga ajratiladi. Hozirgi vaqtda A.L.Taxtadjyan (1987) sistemasi bо‘yicha bu ajdodcha 39 ta 

qabilani о‘z ichiga oladi. Shulardan ayrimlariga tо‘xtab о‘tamiz. 

1.Ra’nonamolar – Rosales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari 

Bu qabila 3ta oilani ( Rosaceae, Chrysobalanaceae, Neuradaceae) о‘z ichiga oladi. 




Download 291.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling