Turkum: Hemiptera Kenja turkum: Sternorrhyncha


Download 1.46 Mb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1453447
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Surhondaryo viloyatida bug


Surhondaryo viloyatida bug’doy ekinlarida aniqlangan Afididlar turlari (Hemiptera: Aphididae)
Rhopalosiphum maidis (Fitch, 1856)
Sistematik o’rni
Sinf : Insecta

Turkum: Hemiptera

Kenja turkum: Sternorrhyncha

Oila: Aphididae Latreille, 1802

Kenja oila : Aphidinae Latreille, 1802

Avlod: Rhopalosiphum Koch, 1854

Tur: Rhopalosiphum maidis (Fitch, 1856)


Turning morfologik belgilari
Rhopalosiphum maidis (Fitch, 1856) turning yetuk qanotsiz morfalarining tanasining bo’yi eniga nisbatan uzun. Tana rangi zaytun-yashil yoki ko’kimtir qora rangda bo’lib bazan mum bilan qoplangan. Dum qismi asosi va yelkasining ayrim ayrim qismlari to’q yashil rangda. Tanasi antenasiga nisbatan 2-2,5 marta uzun. Antenaning III segmenti to’liq va IV segmentining yarimi qoramtir tusda. Mo’ylov VI segmentning osimtasi VI segment asosidan 1,7-2,8 marta uzun. Sifunkulari qoramtir bo’lib dumiga nisbatan 1,1-1,6 marta uzun.



1-rasm. Rhopalosiphum maidis (Fitch, 1856) koliniyasi (Nazarov Shohruz)


Rhopalosiphum maidis (Fitch, 1856) turi Avena, Hordeum, Oryza, Saccharum, Secale, Sorghum,Triticum, Zea avlodlariga mansub o’simliklarda bazan Cyperaceae hamda Typhaceae oilalariga mansub o’simliklarda oziqlanadi. Ummumiy hisobda o’t o’simliklarning 30 dan ortiq avlodida oziqlanishi aniqlangan. Keng tarqalgan kosmopolit tur bo’lib kelib chiqishi Osiyo qit’asi.
Qanotli morfalari may oyi ohiriga qadar Poaceae oilasiga mansub o’simliklarga migratsiya qiladi. Rhopalosiphum maidis (Fitch, 1856) tropik va issiq mo’tadil iqlimda boshoqli ekinlarning muhim zararkunandasi hisoblaniladi. (Blackman & Eastop, 2000)
Rhopalosiphum maidis (Fitch, 1856) turning xo’jayin o’simlik turiga bog’liq holda kariotipi 2n= 8, 9 va 10. Yer sharining shimoliy yarim sharida arpada 2n=10. Jo’xori va sorgoda 2n= 8. (Brown& Blackman 1988, Blackman & Brown 1991)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling