Ra’nokabilar - Rosidae sinfchasiga umumiy tavsif
Bu sinfcha ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha hisoblanadi. Shu bilan birga, bir
muncha qadimgi va rivojlangan turlarni о‘z ichiga oladi. Hayotiy shakli daraxtdan tortib to о‘t
о‘simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba’zan
ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va о‘rta.
Qabilaga mansub turlar daraxt, buta va o‘tsimon o‘simliklar. Barglari navbatlashib yoki
qarama-qarshi joylashgan, oddiy yoki murakkab. Gullari qo‘sh jinsli yoki alohida jinsli. Gul
qo‘rg‘oni 5 a’zoli. Changchilari ko‘p. Urug‘chisi apokarp, ayrim hollarda sinkarp. Mevasi turli-
tuman tuzilishli, (yong‘oqcha, danak yoki boshoqcha).
O‘simliklar sistematikasi fanining ko‘pchilik namoyandalari bu qabila tarkibida Posaceae,
Saxifragraceae, Crasullaceae va boshqa shunga yaqin oilalarning kiritilishini qonuniy deb
biladilar. Ularning fikricha, bu qabila ulkan filogenetik bog‘lam bo‘lib, o‘zining kelib chiqishi
bilan bularga ko‘pgina ikki pallali o‘simliklar Fabaceae, Myraceae oilalari shu qabila bilan uzviy
bog‘liq deb qaraydilar. Biz Taxtadjyan sistematikasiga suyangan holda Ra’noguldoshlar oilasini
o‘z belgilari bilan unga yaqin bo‘lgan ikkita tropik o‘lkalar uchun xos uncha katta bo‘lmagan
(Chrisobalanaceae va Neuradaceae) ikki oilani birlashtirgan alohida Ra’nogullilar (Rosales)
qabilasiga ajratiladi. Hozirgi vaqtda A.L.Taxtadjyan (1987) sistemasi bо‘yicha bu ajdodcha 39 ta
qabilani о‘z ichiga oladi. Shulardan ayrimlariga tо‘xtab о‘tamiz.
1.Ra’nonamolar – Rosales qabilasining asosiy oila, turkum va turlari
Bu qabila 3ta oilani ( Rosaceae, Chrysobalanaceae, Neuradaceae) о‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |