13– mavzu. Ra’nokabilar sinfchasining keng tarqalgan oilalari, asosiy vakillari, tuzilishi va ahamiyati Reja


Download 291.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana02.01.2022
Hajmi291.48 Kb.
#195713
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
13-maruza

Olmadoshlar - Pomoideae.  Bu  kenja    oilaning    vakillari    daraxt    va    ba’zan    buta 

o‘simliklaridir. Ularning barglari ko‘pincha oddiy, ba’zan  murakkab  tushib  ketadigan, yonbargli, 

gulkosasi ham gultojisi ham 5 tadan. Chagchisi 20 tadan ortiq. Mevabarglari 2-5 ta. Tugunchasi 

ostki. Gulo‘rnida botiq mevabarglari gulning etli o‘zagi bilan qo‘shilib o‘sadi. Natijada etli soxta 

olmasimon meva xosil bo‘ladi. Mevasining uchida kosacha qoladi. 

Gul formulasi:  *♀♂ Ca

(5)

 Co


5

 A~ G 


(1)

 ba’zan 


(2-5)

 

Mevasi sersuv soxta meva. Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi 



olma (M.Sylvestris), nok (Pyrus), behi (Cydonia), sariq dо‘lana (Grataegus pontica).  

Olma-Malus. Olma barglari  oddiy, bandi  butun, ko‘pincha  xar  xil  oval shakllarda, ostki 

tomoni tukli, chetlari arrasimon tishli, yon bargi  tushib ketadigan o‘simlikdir. Ularning guli yirik, 

qo‘shqo‘rg‘onli, to‘g‘ri, kichikroq bo‘lib, siyrak guli soyabon to‘pgul hosil qiladi. Kosabarg va 

tojibargi  5  tadan.  Gultojning  sirti    oq,ich  tomoni  och  yoki  to‘q  pushti,  qizil.Changchisi  ko‘p, 

changdoni sariq rangli, urug‘chisi 5 ta bo‘lib, mevabarglarining  osti qo‘shilib o‘sadi. Tugunchasi  

ostki  5  uyali. Mevasi soxta. Og‘irligi 20 dan 600g ga boradi. 



 Nok (Pyrus).-daraxt va buta o‘simlik. O‘rta Osiyo tog‘larida 8 turi o‘sadi. 


Download 291.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling