13-Mavzu: Shashmaqom o‘zbek xalq musiqa merosini o‘rgatish jarayonida zamonaviy yondashuvlar


Musiqa madaniyatining yoritilishda musiqashunoslarning


Download 418.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.01.2023
Hajmi418.24 Kb.
#1105469
1   2   3
Bog'liq
Shashmaqom

2.Musiqa madaniyatining yoritilishda musiqashunoslarning 
o‘rni
1X-X11 asrlarda O„rta Osiyo musiqiy madaniyatida o„zgarishlar davri 
bo„lganligi manbalarda ko„rsatib o„tiladi. Lekin X-X11 asrlarda ijod etgan 
sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari 
haqida juda kam ma`lumotlar saqlanib qolgan. Ustoz musiqashunos olimlarning 
yozma manbalariga asoslanib ba`zilar ustida to„xtalib o„tishni lozim topdik. 
IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o„z zamonasining 
chang sozlarini chalishda mohir bo„lganligi, ayniqsa “Bo„yi juyi muliyon” 
sherining ushshoq kuyida aytilgan qadimgi qo„lyozmalarda ko„rsatilgan. 
X asrning buyuk qomusiy olimi Abu Nasr Al Farobiy bo„lib uning musiqa 
sohasida yaratgan asarlari asosida Ovrupa olimlari ham qator asarlar yaratganlar. 
Farobiy o„z faoliyatida musiqa ilmini tadqiq etish bilan birga fiziologik asoslarni 
ishlash ustida ijod qildi va “Qonun, g„ijjak” kabi yangi musiqiy sozlarni kashf 
etdi. Uning musiqa sohasidagi nazariy asarlaridan “Kitob ul musiqa al-kabir” 
(Katta musiqa kitobi), va boshqa asarlari mavjud. Farobiy o„sha davr ijrochilik 
san`atida katta shuhrat qozongan uning musiqa yo„nalishidagi nazariy asarlari 
kelajakda O„rta Osiyo xalqlari musiqa fani taraqqiyotiga asos bo„ldi va shu bilan 
birga dunyo musiqa fani rivojiga ham katta hissa bo„lib qo„shildi. 
Yana bir ulug„ alloma Abu Ali Ibn Sino musiqa nazariyasi bilan 
shug„ullangan bo„lib bemor insonlarning dardiga musiqa ham shifo bo„lishi 
haqida yozib o„tgan. Uning “Alqonun fit-tib”, “Kitob ul shifo”, “Donishnoma” 


kabi qator asarlarida musiqaning estitek ahamiyati va ta`sir kuchiga, ayrim ruhiy 
kasalliklarni musiqa vositasi bilan shifolash usullarini o„z amaliyotida isbotlab 
berdi. 
Tarix zar varaqlariga nazar soladigan bo„lsak ulug„ bobomiz Amir Temur 
davrida ham madaniyat va san`at gurkirab rivojlangan. Amir Temur o„z 
tuzuklarida 10-toifa xunar san`at egalaridir. Ularni davlatxonaga keltirib o„rdada 
o„rinlari belgilangan. Yozma manbaalarda yana shu davrning yirik bastakori 
Sayfitdin Nayi, Qutbi Nayi ,Said Yusuf (qo„biz) Darvishbek kabi musiqa 
sohasida mashhur bo„lgan san`atkorlar qalamga olinadi. 
Ulug„bek vafotidan so„ng san`atdagi rivojlanish davri Hirotga ko„chdi. 
Buning bevosita rahbarligida ulug„ bobomiz Alisher Navoiy turdi, 
podshoh va shoir Xusayn Boyqaro homiylik qildi. Navoiy butun 
Movrounnahr, Xuroson san`at va adabiyot ahlining sarboni bo„lib yangi 
taraqqiyot pog„onasiga olib chiqdi. Shu davr ichida o„zbek xalqining musiqa 
madaniyati yuksak cho„qqiga ko„tarildi. Yangi kuylar, qo„shiqlar, musiqa 
nazariyasiga oid asarlar maydonga keldi, talantli sozandalar, bastakorlar, hofizlar 
yetishib chiqdi. 
O„tmishda nota yozuvi bo„lmaganligi sababli og„izdan-og„izga o„tib 
kelgan mavjud xalq mumtoz kuy va qo„shiqlari endilikda notaga olingan bo„lib, 
bu xayrli ishni V.A.Uspenskiy, E.E.Ramonovskaya, I.Akbarov, M,Yusupov, 
akademik Yu.Rajabiy singari allomalar amalga oshirdilar. Bu borada ayniqsa 
ustoz Yunus Rajabiyning xizmatlari beqiyosdir. Natijada “ O„zbek xalq 
musiqasi”,”Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari” singari ko„plab musiqiy 
to„plamlar dunyoga keldi va xalqimizning chinakam ma`naviy boyligiga aylandi. 
O„lkamizda musiqiy merosimizning ajiralmas qismi bo„lmish xofizlik 
azaldan muqaddas sanalgan. Islom olamida muqaddas kitobimiz bo„lmish 
“Qur`on” oyatlarni dilga jo qilib uning zebu-zabarlari bilan yoddan ijro etgan 
allomalarni “Hofizi Qur`on” deb yuritganlar. 
“Hofiz” arabcha so„z bo„lib,”yodda saqlamoq” ma`nosini anglatadi. Hofiz-
ollohning 99 ismlaridan biri deb ham ta`riflanadi. Mumtoz hofizlarimiz islomiy 
bilimlardan ham badiiy she`riyatdan xabardor bo„lganlar.Shuning uchun ham ular 
ijro etgan qo„shiqlar nihoyat ta`sirchan bo„lib, tinglovchilarni o„ziga rom eta 
olgan.Mumtoz shoirlarimizning beqiyos ma`noga ega bo„lgan g„azallarni kuyga 
solib, ijro etgan qo„shiqlari uchun “Hofiz” degan nomga musharraf bo„lishlari 
ham qandaydir ramziy ma`no kasb etishi tabiiydir. 
O„zbek xalq musiqasining janrlariga asoslanib yaratilgan asarlarni ijro 
etuvchilar qadimda turlicha nomlangan: xonanda,hofiz, ashulachi, qo„shiqchi, 
yallachi, laparchi, talqinchi, maqomxon, savtxon, baxshi ,shoir, zokir, 
mug„anniy, mutrib, yirovchi, go„yanda, singarilar. 


O„tmishda hofizlarimiz “Shkami” yo„lida ijro etganlar. Bu yo„ldja ijro
etish 
g„oyat murakkab bo„lib, shinavandalar 
tomonidan 
juda 
qadrlangan. Bizning davrimizga kelib xam bu xayrli ishlar davom etmoqda. 
Mashxur xofiz va bastakor Fattohxon Mamadalev “Nasrulloiy” musiqa 
yo„llariga 
so„z solib 
uning 
talqinchasini , 
uforisini, 
soqiynomasini yaratdi. 
Shu o„rinda aytish lozimki qo„shiqchilik san`atimiz rivojishiga o„zbek 
bastakorlari va sozandalari o„zlarinig ulkan hissalarini qo„shib kelmoqdalar. 
Yu.Rajabiy, T.Jalilov, I. Ikromov, S.Kalonov, K.Jabborov, Fahriddin Sodiqov, A. 
Ismoilovlar singari yuzlab bastakorlar yaratgan qo„shiqlar va kuylar xalq mulkiga 
aylanib qoldi. 

Download 418.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling