13-mavzu. Shponkali va shlitsli birikmalarning o‘zaro almashinuvchanligi, O‘lchash, nazorat qilish usullari va vositalari reja


Shlitsli birikmalarning joizligi va o‘tkizmasi


Download 1.72 Mb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#203566
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-мавзу

13.3.Shlitsli birikmalarning joizligi va o‘tkizmasi

Shlitsli birikmalarni, aslida, aylana bo‘yicha bir tekis joylashgan ko‘p shponkali birikmadek faraz qilish mumkin. Val chiqiqlari va vtulka ariqto’liqmasrining profillari shakliga qarab, shlitsli birikmalar to‘g‘ri yonli (13.4-rasm) va evolventali (13.5-rasm) bo‘ladi. Bulardan uchburchak profilli shlitsli birikmalar ancha kamroq qo‘llanadi. SHlitsli birikmalar shponkalilar qo‘llanadigan hollarda, faqat kattaroq aylantirish momentlarini uzatish uchun va val bilan vtulka o‘qlarining o‘qdoshligiga nisbatan yuqori talablar bo‘lganda qo‘llanadi.

SHlitsli to‘g‘ri yonli birikmalar (13.4-rasm) qo‘zg‘aluvchan (oraliqli) va qo‘zg‘almas (taranglikli) birikmalarda qo‘llanadi.

Har xil kattalikda bo‘lgan momentlarni uzatish uchun shlitsli birikmalar me’yorlanganda, asosan, tishlar sonlari, ichki d va tashqi D diametrlari va tish (ariqcha) ning eni bilan farqlanuvchi engil, o‘rta hamda og‘ir seriyalarga ajratiladi.

To‘g‘ri yonli shlitsli birikmalar tashqi diametri 14 dan 125 mm gacha bo‘lgan vallarni qamraydi (bu erda diametrlarning "tashqi" va "ichki" nomlari rezbanikiga o‘xshash, ya’ni valning tashqi diametri uning tashqarisida, vtulkaniki esa uning ichida joylashgan). Standart orqali z x d x D larning biriktirilishlari me’yorlangan. To‘g‘ri yonli shlitsli birikmalarda tutashuv hosil qiladigan tishlar birikmaning o‘qiga parallel joylashadi.

SHlitsli birikmalarning parametrlariga bo‘lgan talablar val bilan vtulka orasida markazlashtirishning qabul qilingan sxemasiga, ya’ni asosiy tutashish amalga oshadigan yuzaga qarab beriladi. Markazlashtirish (tutashish)ning uch turi qo‘llanadi: tashqi yuza (D), ichki yuza (d) va tishlar bilan vtulka ariqto’liqmasrining yon tomonlari (v) bo‘yicha.

SHlitsli birikmalar markazlashtiriluvchi parametrlarining joizlik maydonlari silliq birikmalarning standartidan olingan. Vallar parametrlari uchun standartda 5-10 kvalitetlar joizliklaridan foydalanib, 20 ta joizlik maydonlari keltirilgan; vtulkalar uchun esa 6-10 kvalitetlardan foydalanib, 8 ta joizlik maydoni keltirilgan.

SHlitsli birikmalar markazlashtiriluvchi parametrlarining joizlik maydonlari silliq birikmalarning standartidan olingan. Vallar parametrlari uchun standartda 5-10 kvalitetlar joizliklaridan foydalanib, 20 ta joizlik maydonlari keltirilgan; vtulkalar uchun esa 6-10 kvalitetlardan foydalanib, 8 ta joizlik maydoni keltirilgan.



Me’yorlangan joizlik maydonlaridan silliq birikmalarga o‘xshash vallar parametrlari uchun oltita, vtulkaning parametrlari uchun to‘rtta qo‘llash uchun afzalroq joizlik maydonlari ajratilgan.

Markazlashtiruvchi va markazlashtirmaydigan yuzalarga bo‘lgan talablardan tashqari, shlitsli birikmalar uchun tishlarning yon tomonlari va vtulka ariqto’liqmasrining markazlashtiruvchi yuzalar o‘qiga nisbatan parallellikdan og‘ishiga bo‘lgan talablar joriy qilingan. Bu joiz og‘ishlar 100 mm uzunlikda quyidagilardan oshmasligi kerak: b o‘lchami uchun IT6, IT7 va IT8 joizliklari qo‘llanganda 0,03 mm dan, b o‘lchami uchun IT9, IT10 joizliklari qo‘llanganda 0,05 mm dan. Keltirilgan me’yorlar mazkur detallar, odatda, tekshiriladigan kalibrlar uzunligi o‘lchanuvchi detallar uzunligidan kamroq uzunlikda tayyorlangan bo‘lsa qo‘llanadi.

SHlitsli birikmalarning o’tqazishlari markazlashtiruvchi yuzalar bo‘yicha amalga oshiriladi va qo‘zg‘aluvchan (oraliqli) hamda qo‘zg‘almaydigan (taranglikli) bo‘ladi. Val va vtulkalarning joizlik maydonlarini bir-biriga qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar GOST 1139-80 ning ilovalarida berilgan. O’tqazishlar standartda keltirilgan joizlik maydonlaridan hosil qilinadi [1].

Tavsifiy xususiyati shundaki, b o‘lchami uchun markazlashtirish usulidan qat’iy nazar doim o’tqazish beriladi.

Tavsiya etilgan o’tqazishlardan qo‘llanishi afzal o’tqazishlar ajratilgan. Bular quyidagilardir:

D bo‘yicha markazlashtirishda

D bo‘yicha o’tqazishlar – ; ;

b bo‘yicha o’tqazishlar – ; ;

d bo‘yicha markazlashtirishda:

d bo‘yicha o’tqazishlar – ; ;



b bo‘yicha o’tqazishlar – ; ; ; ; ;

b bo‘yicha markazlashtirishda:



b bo‘yicha o’tqazishlar ; ; ; ; .

Standartlarda markazlashtiruvchi diametr va yon tomonlari bo‘yicha o’tqazishlarning biriktirilishi me’yorlanmagan. Bunday biriktirilishni konstruktor o‘zi tanlashi kerak.



To‘g‘ri yonli shlitsli birikmaning shartli belgisi markazlashtirish usuli uning elementlarining asosiy o‘lchamlari va ular bo‘yicha o’tqazishlardan tarkib topgan.

Masalan: . Buning ma’nosi: shlitsli birikma ichki diametri d bo‘yicha markazlashtiriladi; 8 tishli; ichki diametri d = 36 mm, o’tqazishsi ; D = 40 mm, o’tqazishsi ; b = 7 mm, o’tqazishsi .

Alohida vtulka va val tegishli ravishda faqat bitta joizlik maydoni bilan belgilanadi:

vtulka d – 8 x 36H7 x 40H12 x 7D9;

val d – 8 x 36e8 x 40a11 x 7f8.



Markazlashtiruvchi diametrlar bo‘yicha joizlik maydonlari ko‘rsatmasligiga yo‘l qo‘yiladi (chunki bu joizlik maydonlari standartlarda bir ma’noli me’yorlanadi), lekin yon tomonlari bo‘yicha o’tqazishlar markazlashtirish usulidan qat’i nazar ko‘rsatilishi shart. Masalan, D bo‘yicha markazlashtirilganda D-8x36x40H7/h7x7F10/f9; yon tomonlar bo‘yicha markazlashtirilganda o’tqazishni faqat shu parametr bo‘yicha ko‘rsatish mumkin: b-8x36x40x7D9/h8.







Pitch diametr

13.7-rasm.M bir tishli tish Serkul yordamida o‘lchash mumkin [1].



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling