13-mavzu: sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi davrida o’zbekiston


Download 90.18 Kb.
bet9/15
Sana10.11.2023
Hajmi90.18 Kb.
#1765432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
13-mavzu sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kucha (1)

1949-1952 yillarda ko’pgina mashhur o’zbek ijodiy ziyolilari asossiz ravishda ayblanib, qatag’on qilindi. O’zkompartiyaning 1949 yil 25 iyundagi byuro majlisida bir guruh yozuvchilar millatchilikda. Eski feodal madaniyati oldida bosh egish, o’tmishni ideallashtirishda ayblandi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda kabi o’zbek yozuvchilari badnom qilindi. 1951 yili avgustda bir guruh atoqli ijodkor ziyolilar "millatchilar” - deb matbuotda nohaq tanqid qilindi, "buzg’unchilikda" ayblandi. Keyinchalik yozuvchilardan Shayxzoda, Shukrullo, Shuhrat, Said Ahmad va boshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Xurshid, Chustiy, G’ayratiy va boshqalar yozuvchilar uyushmasidan haydaldi. Buni eshitgan G’.G’ulom kuyinib "Tokaygacha o’zbekning aqli kirganda boshini chopib tashlaydilar" degan edi.
1951 yil aprelida O’zkompartiya byuro majlisi "Musiqa san’atining ahvoli va uni yanada yaxshilashning choralari to’g’risidagi» masalani mo’hokama qildi. Majlisda san’at ishlari bo’yicha boshqarma ko’p yillar davomida "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", Tohir va Zuhra" kabi afsonaviy mazmunda opera, balet va musiqali dramatik spektakllarni yaratib, zararli ishlarni amalga oshiryapti deb qayd etildi. Majlis qarorida janr repertuarlari va radio eshittirish programmalarini qayta ko’rib chiqish tavsiya etildi. Mazkur spektakllar sahnadan olib tashlandi. Qatag’onliklar to’lqini bu bilan to’xtab qolmadi.


-III-
1983-yildan boshlab sobiq KPSS Markaziy qo’mitasi rahbarligida O’zbekistonda navbatdagi oshkora qatag’onga yo’l ochildi. "Paxta ishi", "O’zbeklar ishi", "Sharqiy front" deb atalgan mash’um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Moskva yuborgan generallar, prokurorlar, tergovchilar istagan odamlarni hibsga olishardi.
Ma’shum nomlar bilan atalgan kompaniyavozlik davrida yo’l qo’yilgan xatolar, poraxo’rlik, qo’shib yozish, mansabni suiste’mol qilish kabi illatlar ochib tashlandi. Biroq bu nuqsonlar sobiq ittifoqqa, mavjud chirigan tuzumga qolaversa markazga ham tegishli edi.

Download 90.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling