13-mavzu: sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi davrida o’zbekiston


Download 90.18 Kb.
bet6/15
Sana10.11.2023
Hajmi90.18 Kb.
#1765432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
13-mavzu sovet davlatida ma’muriy buyruqbozlik tuzumining kucha (1)

1947-1955 yillari dunyoning 46 mamlakatlaridan, shu jumladan ilg’or taraqqiy etgan davlatlardan 180 delegasiya O’zbekistonga tashrif buyurdi. Ana shu davrda sobiq ittifoqning delegasiyalari tarkibida 200 dan ortiq O’zbekiston fuqarolari xorijiy mamlakatlarda bo’lib qaytdi. Bundan tashqari sa’nat va adabiyot xodimlari o’rtasida delegasiyalar almashildi. O’zbekiston xalqaro birodorlashgan shaharlar uyushmasiga a’zo bo’ldi.
Toshkent, Pokistonning Karachi, Liviyaning Tripoli, Hindistonning Patiala, AQShning Siyetl, Marokashning Marokash, Yugoslaviyaning Skople shaharlari bilan birodarlashdi. O’sha davrning muhim muammolari bo’yicha Toshkentda xalqaro yig’inlar, uchrashuvlar va ilmiy kengashlar chaqirildi. Jumladan, 1959-72 yillarda o’ttizdan ortiq ilmiy sessiya va kengashlar bo’lib o’tdi. 1958 yilni kuzida Toshkentda 37 ta Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining anjumani o’tdi va bu yerda "Toshkent ruhi" yuzaga kelib, xalqaro miqyosda O’zbekistonning mavqyeini oshirdi.
O’zbekiston chet davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini kengaytirish, uni samarali olib borish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo’lsa ham bu imkoniyatdan to’la foydalana olmasdi.
Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 76, 77, 112, 122 moddalariga ko’ra O’zbekiston chet davlatlar bilan aloqalar o’rnatish, diplomatlar va elchilar tayinlash va chaqirib olish huquqlariga ega va xalqaro tashkilotlar bilan mustaqil aloqalar o’rnatishi mumkin. Lekin, amalda respublikaning xalqaro munosabatlari markazda rejalashtirilib, chizib berilgan doirada olib borildi. Chet davlatlardan birorta delegasiyaning qabul qilinishi, jumhuriyatda o’tadigan uchrashuvlar, kengashlar, anjumanlar uchun "markazdan" ruxsat shart edi. Respublikada 1946-90 yillardagi ma’naviy-madaniy qaramlik va uning oqibatlari. Qatag’onlikning yangi to’lqini totalitar tizim sharoitida madaniy-ma’rifiy muassasalardan ommaga g’oyaviy ta’sir o’tkazish maqsadida keng foydalanildi. 1960 yillar respublikada 2.977 klub bo’lsa, 1970 yilda ularning soni 3.441taga yetdi. Shu yillari kutubxonalar soni tegishli ravishda 3.418tadan 5.822taga; muzeylar soni 14tadan 26taga; kinoqurilmalar soni 2.178tadan 3.988taga oshdi. Lekin, bularning ko’pchiligi statistik hisobotlarda oshirib ko’rsatilgan bo’lib, aslida o’zlarining bevosita funksiyalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega bo’lmadi. 1969 yilda Rossiyada aholinining 10 ming nafariga 14 klub muassasasi to’g’ri kelsa, Belorussiyada 31ta, O’zbekistonda esa atigi 4ta edi. Madaniy-ma’rifiy muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablag’ aholini jon boshiga Estoniyada 21,3 so’mni, Armanistonda - 17,9 RSFSRda - 9,7 so’mni tashkil qilsa, O’zbekistonda 4,5 so’mni tashkil qilardi. Respublika kutubxonalarining kitob fondi 1950-1970 yillarda o’n barobarga ko’paygan bo’lsa, lekin ularning ko’pchiligini mafkuraviy targ’ibot uchun zarur bo’lgan marksizm-leninizmga oid asarlar tashkil qilar edi. Olingan kitoblarning 8-10 foizgina respublikada nashr etilgan bo’lib, qolganlari chetdan keltirilib, ularning aksariyati rus tilida edi. O’zbekistonda ta’lim tizimini yaxshilash uchun o’nlab qarorlar qabul qilinardi. Biroq, bu qarorlar milliy maktablarda to’liq bajarilmasdi. Maktablar urushdan keyin ham darsliklar bilan to’liq ta’minlamadi. Moddiy o’quv bazasi rusiyzabon maktablarnikidan ancha past edi.
O’rta maktabni bitiruvchilari orasida erta turmushga berilishi tufayli qizlar kamchilikni tashkil qilar edi. Maorifni rivojlantirishda mahalliy millatlarga past nazar bilan qarash sovet tuzumi siyosatining pinhona faoliyatiga yashiringan edi. 1985 yilda oliy o’quv yurtlari soni 42 taga yetdi.

Download 90.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling