13-mavzu: ta’lim menejmenti asoslari. Reja


Download 40.03 Kb.
bet10/16
Sana27.01.2023
Hajmi40.03 Kb.
#1129536
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
13-Mavzu

Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o’z irodasini qo’l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o’tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, qo’rqitish, rag’batlantirish va boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi.
Liberal (erkin ish yuritish) uslub rahbarning o’z qarorlarini taveiyalar ko’rinishida berishi, хodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadi, хodimlariga keng doirada mustaqillik, to’la erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi.
Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o’z faoliyatini o’zining jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik хodimlar o’rtasida taqsimlanadi. xodimlarning o’zaro munosabatlarini rag’batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag’batlantirib boradi.
O'zbekiston Respublikasining «Umuiniv o'rta ta'lim to'g'risida»gi Nizomi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13 maydagi 203-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. Umumiy o'rta ta'limning maqsadi va vazifalari.

  3. Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish.

  4. O'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  1. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  1. Umumiy o'rta ta'limni boshqarish.

  2. Mablag' bilan ta'minlash va moddiy-texnika ta'minoti.

  3. Xalqaro hamkorlik.

Nizomga asosan, umumiy o'rta ta'limning maqsadi o'quvchilarni davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta'lim olish huquqini ro'yobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy o'rta ta'lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g'oyalaridan biri bo'lib, majburiv va qo'shimcha komponentlar umumiy o'rta ta'lim mazmunining asosini tashkil etadi.
Maiburiy komponent davlat ta'lim standard bilan belgilanadi va o'quvchilarni tayyorlashning o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o'rganish va kasb egallash uchun yetarli bo'lgan zarur darajasini belgilaydi.
Qo'shimcha komponent o'quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qo'shimcha o'quv yuklanmalarining hajmi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligining Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O'quvchilar bilim sifati va ta'lim natijalarining davlat ta'lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta'minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o'tkazish ham nazarda tutiladi.
Bosqichli nazorat o'quv yili tamom bo’lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o'quvchini navbatdagi sinfga o'tkazish to'g'risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo’lmagan ta'lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasida, umumiy o'rta ta'limda ham xalqaro hamkorlik yo'lga qo'yilgan «Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida»gi Nizomning sakkizinchi bo’limida qayd etilganidek, umumiy o'rta ta'limni boshqarish organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta'lim muassasalari xalqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba o'rganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg'armalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar. Mazkur Nizom umumiy o'rta ta'lim (maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini o'zida ifoda etadi.
«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to'g'risida»gi Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 204-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi masalalar yoritilgan:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish.

  3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o'quvchilarni qabul qilish, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  1. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  2. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini boshqarish.

  3. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini mablag' bilan ta'minlash va moddiy-texnika ta'minoti.

  4. Xalqaro hamkorlik.


Download 40.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling