13-mavzu: ta’lim menejmenti asoslari. Reja
Metodika birlashmalari va ularning faoliyatini tashkil etish
Download 40.03 Kb.
|
13-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talim muassasasining Ustavi
- Ustavi quyidagi bolimlardan
Metodika birlashmalari va ularning faoliyatini tashkil etish. Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar turkumlari bo’yicha Metodika birlashmalari faoliyat ko’rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o’qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o’zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg’unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Metodika birlashmalari o’zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi: fanlar bo’yicha taqvimiy, mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish; oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash; ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganishni tashkil qilish va ommalashtirish; tegishli yo’nalish yoki fan bo’yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash; darslarni o’zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaхassislarga amaliy yordam berish; ta’lim metodlarini o’rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg’or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish; yosh mutaхassislarga metodik yordam berish; ko’rgazma va ko’rsatmali vositalardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalarni berish; fan хonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitta, V-XI sinflarda esa o’quv rejasidagi alohida fanlar bo’yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo’yicha o’qituvchilar soni uch nafardan kam bo’lsa, u holda fan o’qituvchilari shu turkumdagi fan o’qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Pedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o’qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug’i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlar asosida tartibga solinadi: ish rejasi, Birlashma a’zolari haqidagi ma’lumotlar, Birlashma faoliyatiga aloqador bo’lgan o’quv-metodik hujjatlar, Birlashma yig’ilishi bayonnomalari, hisobotlar. Ta'lim muassasasining Ustavi ta'lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir. Ushbu electron manzildan maktab ustavi haqida to`liq ma`lumot olishingiz mumkin. http://maktab24kosonsoy.zn.uz/maktab-ustavi/ Ta'lim muassasasining Ustavida ta'lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko'rsatiladi: 1) davlat ta'lim standartida, belgilangan bilimlar zahirasini egallash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi; 2) bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o'rgatish). Shuningdek, ta'lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo'yiluvchi talablar, o'qituvchi, o'quvchilar hamda ta'lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan. Masalan, o'quvchilar ta'lim standartlari asosida ta'lim olish uchun intilishlari, ta'lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta'lim berishlari, ta'lim oluvchilarning o'quv dasturlarini davlat ta'lim standartlari darajasida o'zlashtirishlarini ta'minlashlari zarur. Ta'lim muassasasi rahbari (direktori) esa o'quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta'min etadi, o'quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta'lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to'laqonli rioya etilishi, ma'naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Ustavda o'z-o'zini boshqarish, jamoada o'zaro munosabatning o'rnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. Chunonchi, ta'lim muassasasining direktori o'qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so'zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas. O'zbekiston Respublikasida, amalda bo'lgan «Umumiy o'rta ta'lim muassasasi (maktabi)ning muvaqqat namunaviy Ustavi» Xalq ta'limi Vazirligining 221-sonli (1998-yil 17 dekabr), «O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasining Ustavi» esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998-yil 5 yanvar) Qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta'lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to'g'risida»gi Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta'limni boshqarishning vakolati mas'ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro'yxatdan o'tkaziladi. Ta'lim muassasasining Ustavida ta'lim muassasasining joylashgan o'rni, uning turi, ta'lim tili, guruh rahbarlari, o'qituvchilarning huquq va burchlari, ta'lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta'lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xo'jalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko'rsatib berilgan. Ta'lim muassasasining Ustavi quyidagi bo'limlardan tashkil topadi: Qisqacha ta'lim muassasasi haqidagi ma'lumotlar. Ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari. Ta'lim muassasasini boshqarish: ta'lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o'z-o'zini boshqarish asosida amalga oshirilishi; pedagogik-jamoa Kengashi; e) direktor, uning huquq va burchlari; g) direktorning o'quv-tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosarining huquq va burchlari; e) ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarining huquq va burchlari. 4. O'quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish: a) ta'lim mazmunining Davlat ta'lim standartlari bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv reja va dasturlari asosida belgilanishi; b) o'quv jarayonini tashkil etish; e) iqtidorli yoshlar bilan ishlash; g) ishlab chiqarish amaliyotini o'tkazish tartibi; e) qo'shimcha pulli mashg'ulotlarni joriy etish; j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg'ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar). O'qituvchi. Huquq va burchlari. O'quvchi. Huquq va burchlari. O'quv-ishlab chiqarish ta'limi ustalari, ma'muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari. Ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas'uliyatlari. Ta'lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo'jalik ta'minoti. Download 40.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling