13-mavzu. Tarixiy jarayon va tarix falsafasi. Reja: Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar


Tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari


Download 44.98 Kb.
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi44.98 Kb.
#1047439
1   2   3   4   5   6
3. Tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari. Insoniyat tarixida tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari muammolarining mohiyati, nimalarga bog‘liq? - degan savol tug‘iladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, gap tarixiy determinizm, qandaydir tarixiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida ketadi. Faylasuflarning ko‘pchiligi bunday o‘zaro bog‘liqlik mavjud – jamiyat tarixiga ta’sir qiluvchi ma’lum omillar va kuchlar bor deb faraz qildilar. Ammo, bu kuch va omillarni tushunish har xildir.
Masalan, Hind veda falsafasida tarixda muhim rol, vaqti, vaqti bilan odamlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan diniy islohotlar, ma’naviy qiyofadagi murabbiylar, Xudo timsoli bo‘lgan (avatarlar)ga berilgan. O‘rta asr nasroniylik falsafasida tarixni harakatga keltiruvchi asosiy kuch – Xudo. Yangi davr ko‘p Yevropa faylasuflari tarix yo‘li diniy, falsafiy, ilmiy yoki siyosiy g‘oyalar (g‘oyalar dunyoni boshqaradi) bilan bog‘liq dedilar.
Ba’zi mutaffakkirlar jamiyat tarixiy rivojlanishi uchun tabiiy omillarning ahamiyatini ko‘rsatdilar, masalan, fransuz tadqiqotchisi Monteske va Kuzen bunday omil deb tabiiy klimatik sharoitlarni hisoblaydi, rus tabiat tadqiqotchisi Mechnikov u yoki bu hududning suv sohasini (daryo,ko‘l, dengiz) inobatga olish kerak deydi. Nemis faylasufi Gegel tarixning asosiy kuchini insoniyat tarixi orqali o‘z maqsadlari – erkinlik va o‘zini bilishga erishish, mutlaq Ruhning rivojlanishida deb biladi. Boshqa nemis faylasufi – Marks, aksincha, ma’naviy omillar ahamiyatini inkor qilib, moddiy omillar – (moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli, odamlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari, mulkka egalik qilish) ning hal qiluvchi rolini alohida ta’qidlaydi. XX asr G‘arb sientientlari insoniyat tarixi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fan va texnikaning rivojlanishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadilar.
Lekin, tarixiy determinizm bo‘yicha ko‘p qarashlar bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi falsafada ko‘p omilli tarixiy determinizm konsepsiyasi mustahkamlanmoqda. Uning asosiy g‘oyasi shundaki, tarixning rivojlanishiga ma’naviy va moddiy kabi har xil omillar ta’sir qiladi. Shu bilan birga ma’lum omillarning konkret davrda, konkret millatlar tarixiga ta’sir jadalligi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, VII-IX asrlarda Arabiston Yarim oroli qabilalarining tarixiy rivojloanishida yangi din – islom muhim rol o‘ynadi. Qadimgi slavyanlar hayotida bu davrda diniy omil bunday ahamiyatga ega bo‘lmadi. Geografik, moddiy va siyosiy omillar ohang berdilar.
Umuman, ko‘p omilli konsepsiyalar variantlaridan biriga binoan, tarixning harakatlantiruvchi kuchlarini quyidagi sxemada ko‘rsatish mumkin.



Tarixningharakatlantiruvchikuchlari





Sub’yektiv (inson va jamiyatga bog‘liq)

Ob’yektiv (insonvajamiyatgabog‘likemas)



Tabiiy va tarixiy qonuniyatlar





Buyuk tarixiy shaxslar



Geografik sharoitlar

Ijtimoiy guruh va sinflar

Kosmik ta’sir

Xalq ommasi

Psixokosmos ta’siri

Tarix subyektlari




Psixokosmos ta’siri

Tabiiy va tarixiy qonuniyatlarning ta’siri ma’lum. Masalan, Yerning Quyosh atrofida aylanishi, iqlimning o‘zgarishi, yer qimirlashi, biologik o‘zgaruvchanlik, Shuningdek, tarixning dialektik sikllanganligi(spirallik) jamiyat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.


Geografik sharoitlarning rolini kuzatish oson. Qadimgi dunyoda birinchi yirik sivilizatsiya iliq iqlimli mamlakatlarda vujudga kelgan. Deyarli barcha yirik Shaharlar suv yoqasida (daryolar, ko‘llar, dengizlar) joylashgan. Sanoatni rivolanishi (metall ishlab chiqarish va boshqalar) tabiiy hom ashyolarining (kon, ko`mir, elektr energiya) yirik zahiralarining yaqin joylashishini talab qiladi.
Tarixiy jarayonga kosmik ta’sirni fan yangi davrda anglay boshladi. Albatta, qadimgi davrdan odamlar quyosh nuri, kometa, asteroid, oyning ahamiyatini fahmlay boshladilar. Shu bilan birga XX asrda buyuk rus olimi A. Chijevskiy tadqiqotlariga binoan, Quyosh faolligining nafaqat jismoniy (iliqlik, magnit) balki ma’naviy, hayvonot va o‘simlik dunyosiga, jamiyatga,odamga psixobiologik ta’sirini aniqladilar.
Ijtimoiy o‘zgarishlarning aksariyat ko‘pchiligi (urushlar, inqiloblar, islohotlar, ilmiy kashfiyotlar va boshqalar), hatto epidemiyalar 11 yilda bir marta oshib boradi, Quyosh faolligi davrida amalga oshadi. Olimlar fikricha, boshqa kosmik jismlar (yulduzlar, planetalar, kometalar) shunday ta’sir ko‘rsatadi. Bu inson va jamiyatga osmon ob’yektlarining qonuniy, davriy ta’siri (ma’naviy, ruhiy, jismoniy) mavjudligi bosh g‘oyasi bo‘lgan, qadimgi astrologiyaga bo‘lgan salbiy ilmiy munosabatlarni qayta anglashga majbur qiladi.
Rus faylasufi va shoiri Daniel Andreev «ichki kosmos» deb atagan, ko‘p o‘lchovli dunyo (ingichka dunyolar) tarixiga muhim ta’siri ba’zi bir falsafiy ta’limotlarda (teosofiya va jonli etika) asoslanadi. Hind mutafakkirlari (maxatm) fikricha “ichki kosmos” insoniyatning ruhiy energiyasi va fikrlari ta’sirida shakllanadi. Bunday holda u o‘ziga Yerning energetik maydoni noosferani (aql sohasi) tasavvur qiladi.
Insoniyatning ruhiy – ma’naviy holati qanday bo‘lsa – planetaga kiradigan va uni o‘rab olgan ichkidunyosining ham holati shunday bo‘ladi. Tarixning hozirgi davrida qachon urushlar, ijtimoiy mojarolar, ekologik inqiroz va ma’naviyasizlik o‘choqlari yer yuzida tarqalganida, inson va jamiyatga ichki dunyoning salbiy energetik ta’sirining kuchayishi Jonli-tirik Etika kitobida qayd qilingan. Elena Rerix yangi ommaviy epidemiyalar, turg‘unlik va ruhiy kasallikning ko‘payishi, shuningdek jinoyatchilik ildizlarini shu yerdan izlash kerak deydi.
Hamma vaqtlar buyuk tarixiy shaxslar tarixda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Pifagor, Platon, Budda, Lao-Szы, Konfutsiy, A.Makedonskiy, Yu.Sezar, Iso, Muxammad, Chingizxon, Temur, Nyuton, Pyotr 1, Lomonosov, Napoleon, Lenin, Gitler, Stalin, EnShteyn kabi odamlarning fikrlari va ishlari nafaqat o‘z asridagi va keyingi yuz yillikda millionlab odamlar hayotiga ta’sir qildi va qiladi. Biz bu shaxslar orasida ma’naviy islohotchilar va faylasuflar, olimlar va siyosatchilar, sarkardalar va istilochilarni ko‘ramiz. Ularning tarixiy roli progressiv (Budda) va regressiv (Gitler) bo‘lishi mumkin, lekin ular tarix yo‘lini u yoki bu tomonga o‘zgartirishganini inkor qilish mumkin emas.
Albatta, buyuk shaxslar qachonki o‘z orqasidan jamiyatdagi sinflar va guruhlar, katta xalq ommasini ergashtira olsa, shunda tarixni o‘zgartirish mumkin. Shuning uchun ular muhim tarixiy kuch hisoblanadi.
Oxirida tarixning subyektlari to‘g‘risida keng ma’noda, kim tarixiy jarayonlarning maqsadi, qonunlari va mexanizmlarini anglasa, uni amalga oshirishga ongli, izchil harakat qilsa uni tarix subyekti deb atash mumkin. Bunday holda har qanday buyuk tarixiy shaxslar ham tarixning subyekti bo‘laolmaydi. shunday qilib, masalan, Jonli-tirik Etika falsafasi insoniyat tarixini ma’naviy rag‘batlantiradigan va yo‘naltiradigan, insoniyatning buyuk ustozlari (Maxatma) va ularning yaqin ma’naviy shogirdlarini bu kategoriyaga kiritadilar. Marksistlar harakati jamiyatni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faol ongli ijtimoiy guruhlar –tarixiy jarayonlarning jamoaviy subyektlari bo‘lib asta-sekin shakllanadi, deb faraz qiladilar.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling