13-mavzu. Tayota yo`lining 14 printsipi. Reja


-printsip. Jarayon davomida ishlatiladigan va o`zi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana28.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1137267
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-MAVZU. TAYOTA YO`LINING 14 PRINTSIPI.

8-printsip. Jarayon davomida ishlatiladigan va o`zi 
ishlaydigan texnik vositalarning (texnik taminot) 
ishonchli va tekshirilganlaridangina foydalaning. 
Noto`g’ri ishlaydigan texnik vositadan foydalanish 
tufayli kompaniya, ishchilar va boshqaruvchilar duch 
kelishi mumkin bo`lgan muammolar vaqtni yo`qotish, 
nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularga 
bekordan bekorga mablag’ sarflash kabi jiddiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Lekin, uskunalarni to`liq tekshiruvdan o`tkazib, ularda nuqson yo`q ekanligini 
kafolatlash uchun yillab vaqt ketishi mumkin ammo yangi texnologiyalarni eng kam 
miqdordagi tavakkal bilan ishlab chiqarishga tadbiq etishning eng samarali usuli shu. 
9-printsip. Liderlarni o`stirish va kashf etish. 
Ishni to`laligicha tushunadigan, tizim bilan hamohang yashaydigan va buni 
boshqalarga ham o`rgatadigan liderlarni tayyorlash kompaniya istiqbolida katta o`rin 
tutadi. Bu Toyota kompaniyasining boshqa kompaniyalardan yaqqol farqi hisoblanib, 
Toyota kompaniyasida liderlar yuqorida keltirilgan qobiliyatlarga egalar va ishchilarni 
metodlar bilan tanishtirgan holda ortlaridan ergashtira oladilar. Toyota kompaniyasi 
talantlarni o`zlari yetishtirishni mahqul ko`radi. Bu boshqa kompaniyalar kabi 
istehdodlarni baliq ovlagandek topib keyingi istehdod paydo bo`lguncha qarmoqni 
tutgancha kutishdan ko`ra samaraliroq deb biladi.
10-printsip. Kompaniyangiz tanlagan yo`ldan boruvchi odamlar va jamoalarni 
rivojlantirish. 
Kompaniyaning rivojlanishi uchun uning ichki va tashqi sferasini kompaniya 
tanlagan tizimni tushunuvchi va u bilan hamohang ish olib boruvchi butun bir oilani 
eslatuvchi ulkan kollektivni barpo etish bu 10-printsip hisoblanadi. Ishchilarning 
nafaqat shaxsiy balki kompaniya manfaatlarini ham tengma teng himoya qilib, o`z 
kompaniyasi manfaatlarini o`z manfaatlari deb bilishi har qanday tashkilotning yutig’i 
hisoblanadi. Misol tariqasida sort jamoalarini olishimiz mumkin. Agar sortchilar bir 



butun mashinaday, hammalari birdek harakat qilsa ularni hech kim to`xtata olmaydi. 
Germaniya terma jamoasini “nemis mashinasi”deb tanilishiga sabab ham ularning bir 
butun bo`lib bir birini tushunib harakat qila olishi bo`lgan. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling