13-mavzu. Tayota yo`lining 14 printsipi. Reja


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana28.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1137267
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-MAVZU. TAYOTA YO`LINING 14 PRINTSIPI.



13-MAVZU. TAYOTA YO`LINING 14 PRINTSIPI. 
Reja: 
1-printsip. Boshqaruv qarorlaringizni uzoq muddatli falsafaga asoslang, hatto 
qisqa muddatli moliyaviy maqsadlarni ham. 
2-printsip. Muammolarni yaqqol yuzaga chiqarish uchun oqim haritasini yaratish. 
3-printsip. Ortiqcha ishlab chiqarishga yo`l qo`ymaslik uchun “PULL” tizimini 
ishlating. 
4-printsip. Ish darajasini bosqichma-bosqich yuksaltiring (Quyonga o`xshab 
emas, toshbaqaga o`xshab ishlang). 
5-printsip. Muammolarni aniqlash va hal etish sanhatini qurish (yaratish). 
6-printsip. Standart vazifalar va jarayonlar uzluksiz takomillashtirishning va 
mehnat imkoniyatlarning asosidir. 
7-printsip. Muammolarni payqamay qolmaslik uchun kuzatuv asosida 
boshqaruvdan foydalaning. 
8-printsip. Jarayon davomida ishlatiladigan va o`zi ishlaydigan texnik 
vositalarning (texnik tahminot) ishonchli va tekshirilganlaridangina foydalaning. 
9-printsip. Liderlarni o`stirish va kashf etish.
10-printsip. Kompaniyangiz tanlagan yo`ldan boruvchi odamlar va jamoalarni 
rivojlantirish. 
11-printsip. Xamkorlaringiz va yetkazib beruvchilarning kengaytirilgan 
tarmog’ini hurmat qilish va yaxshilashga ko`maklashish. 
12-printsip. Vaziyatni to`g’ri baholah tushunish uchun o`zingiz bevosita jarayon 
amalga oshiriladigan joyga boring va vaziyatni ko`ring. 
13-printsip. Qarorlarni barcha imkoniyatlarni hisobga olib asta sekin konsestus 
asosida qabul qiling. 
14-printsip. SHafqatsiz aks ettirish va doimiy takomillashtirishni o`rganish orqali 
tashkilotni aylaning.
 
 
 
 



1-printsip. Boshqaruv qarorlaringizni uzoq muddatli falsafaga asoslang, hatto 
qisqa muddatli moliyaviy maqsadlarni ham. 
Mazkur tamoyil 14 ta printsip ichidan amalga tadbiq etish eng qiyini hisoblanadi. 
Aksariyat kompaniyalar va tashkilotlarning uzoq muddatli rejalari va falsafalari yo`q. 
Ular faqatgina joriy vaqtdagi muammolardan omon qolish uchun harakat qilmoqda. 
Agar pulingiz va siz xizmat qilishingiz lozim bo`lgan mijozlaringiz bo`lmasa leanni 
amalga oshirish juda qiyin. Tez fursatlarda muammolardan omon qolish muhim. 
CHunki agar kompaniya 1 hafta yashash yashamasligi nomalum bo`lib turgan bir 
vaqtda 6 oylik rejaning kimga qizig’i bor. Albatta agar shunday vaziyatga tushib 
qolsangiz bir qadam chekinib uzoq muddatli rejalaringizni tuzish eng oqilona yo`l ham 
bo`lishi mumkin. Agar sizning biznesingiz rostdan ham zo`r-bazo`r yurayotgan bo`lsa, 
balki chuqurroq biznes reja foydali bo`lishi mumkin. Ko`pchilik firma va tashkilotlarda 
kelgusi uzoq yillarga mo`ljallangan maqsadlari mavjud ammo ularning aksariyati bu 
maqsadlarga yetish uchun kerakli choralarni yo`lga qo`ymaydilar.
Nega endi bugunoq buni yo`lga qo`ymasligimiz kerak? 
Uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish uzoq yillarni talab etishi mumkin ammo 
ulardan ko`zlangan maqsad uzoq muddatli o`sish va barqarorlikning asosini 
yaratishdir. Uzoq muddatli falsafalarda haqiqiy haridorlaringizga asosiy e’tiborni 
qarating. Bu kompaniya faoliyatidagi ajoyib start bo`ladi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling