11-printsip. Xamkorlaringiz va yetkazib beruvchilarning kengaytirilgan
tarmog’ini hurmat qilish va yaxshilashga ko`maklashish.
Keling bu printsip manosini Xitoyning quvnoq restoranida buyurtma qilish
misolida ko`rib chiqaylik. Jarayonni boshlab beruvchi sifatida ofitsiant sizdan
buyurtmani qabul qilib oladi va oshxonaga buyurtmangizni yetkazadi. Oshxonadagilar
ovqatni tayyorlaydi va ofitsiant uni sizga olib keladi. Buyurtmaning aniq va tez
bajarilishi xizmatchining to`g’ridan to`g’ri boshqaruviga bog’liq. Bundan tashqari
istemolchi yani siz buyurgan ovqat ham jarayonga o`z ta’sirini o`tkazadi. Masalan,
taomdan tashqari sous yoki qayla buyurtma qilsangiz. Menyu albatta taom to`g’risida
mahlum bir mahlumotlarni o`zida jamlagan bo`ladi. Lekin agar biror qo`shimcha narsa
hohlasangiz bu to`g’risida xizmatchilarga aytishingiz lozim. Bu istemolchiga bog’liq
tarafi bo`lsa, oshxonaga bog’liqligi mahsulotlarning yetarli emasligidir. Agar
retseptdagi biror mahsulot yo`q bo`lsa oshxonadagilar buyurtmangizni bajara
olmaydilar. Agar oshxona bu mahsulotni avvaldan tayyorlab qo`ymagan bo`lsachi?
Menyuda mavjud bo`lgan ovqat oshxonada tayyor emas. Restoran biror ovqatni bor
desayu u oshxona aybi bilan mavjud bo`lmasa restoran ham xizmatchilar ham
ahmoqona vaziyatga tushib qoladilar.
Siz jarayonni bilish uchun butun bir jarayonning ichki qisimlariga murojaat
qilishingiz va ularning faoliyatidan habardor bo`lishingiz kerak.
12-printsip. Vaziyatni to`g’ri baholash tushunish uchun o`zingiz bevosita
jarayon amalga oshiriladigan joyga boring va vaziyatni ko`ring.
Jadvallar va natijalar yozilgan qog’ozlar sizga ko`p mahlumotlarni bera oladi
ammo ular sizga to`liq mahlumotni bera olmaydi. Borib jarayonni yoki harakatni o`z
ko`zingiz bilan ko`rish aynan nima sodir bo`layotganini yaxshiroq tushunish imkonini
beradi. Va qo`shimcha tarzda hisobotlardagi mahlumotlarning haqiqat ekanini yoki
yolg’on ekanini aniqlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |