8
5. Ishchilar bilan yuzma-yuz turganda ularga beradigan savollaringizga haqiqiy javob
olinadi. Bu kimdir orqali amalga oshirilgandan ko`ra aniqroq.
13-printsip. Qarorlarni barcha imkoniyatlarni hisobga olib asta sekin konsensus
(kelishuv asosida, bir ovozdan) asosida qabul qiling.
Ishlab chiqarish jarayoniga yangilikni joriy etish katta tavakkal bo`lishi mumkin
shuning uchun barcha imkoniyatlarni hisobga olish va
sinov ishlarini shoshilmay
aniqlik darajasini yuqori saqlab amalga oshirish lozim. Ingliz mutahasislarining “haste
makes waste” degan gapi bor. Buning ma’nosi “shoshilish yo`qotishlarga olib keladi”.
Buning sababi shundaki mahsulot ishlab chiqarishda yangilik
qilish uchun tayyor
mahsulotni ishlab chiqaruvchi qurilmalarga ham o`zgartirish kiritiladi.
Agar bu
jarayonda qandaydir hatoga yo`l qo`yilsa jarayon butunlay boshqatdan tuzilishi kerak
bo`ladi. Bundan tashqari kelajakda ishlab chiqarishda kelib chiqishi mumkin bo`lgan
muammolarni oldini olish choralari ham hisobga olinishi kerak. Bunda yuzaga
kelishi
mumkin bo`lgan muammolar aniqlanishi va yechilishi lozim.
14.printsip. SHafqatsiz aks ettirish va doimiy takomillashtirish orqali o`rganish
tashkilotiga aylaning.
Hech qanday tashkilot mukammal emas ammo uzluksiz
ravishta yaxshilanib
borish ideallikka yaqinlashishning eng samarali usulidir. Bu 14-printsip ohirgisi
bo`lib u qolgan 13 tasini birlashtiradi va nazorat qiladi hamda
bajarilishini
taminlaydi.
13-mavzu bo`yicha nazorat savollari.
1. Tayota yo`lining 14 printsiplarining afzallik tomoni nimada aytib bering?