13-mavzu. Tayota yo`lining 14 printsipi. Reja


-printsip. Ortiqcha ishlab chiqarishga yo`l qo`ymaslik uchun “PULL” tizimini


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana28.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1137267
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-MAVZU. TAYOTA YO`LINING 14 PRINTSIPI.

3-printsip. Ortiqcha ishlab chiqarishga yo`l qo`ymaslik uchun “PULL” tizimini 
ishlating. 
Pull tizimini yaxshiroq tushunib olish uchun supermarket peshtaxtasidagi 
mahsulotlarni misol olaylik. Agar mahsulotlar tartib bilan terilgan bo`lsa qanday 
mahsulot sotilib uning o`rni bo`shab qolgani yaqqol ko`zga tashlanadi. 
Sotuvchi faqatgina sotilgan mahsulot o`rnini to`ldiradi. Bu esa ortiqcha ishlab 
chiqarish va ortiqcha buyurtma qilishning oldini oladi. Siz sotilgan narsanigina yana 
sotib olasiz yoki buyurtma qilingan narsanigina sotib olasiz. Masalan haftasiga 10 
yashik ichimlik sota oladigan do`kon haftasiga 20 yashik mahsulot sotib olmaydi, 
keragini oladi. 
Pull – kerakli miqdorda kerakli mahsulotni faqat (ichki yoki tashqi) buyurtmachi 
talabiga binoan ishlab chiqarish. Boshqacha qilib aytganda, buyurtmachini signalisiz 
(jarayonni, ishchi va kim bo`lsa xam) mahsulotni ishlab chiqarish operatsiyasini 
boshlamaslik. 
4-printsip. Ish darajasini bosqichma bosqich yuksaltiring (Quyonga o`xshab 
emas , toshbaqaga o`xshab ishlang) 
Toshbaqa va quyon haqidagi masaldagi kabi astalik va uzluksizlik poygada g’olib 
bo`ladi. Ishlab chiqarishning optimal harakatini talabning ortishi yoki kamayishiga 
qaramay saqlash muhim ahamiyatga ega. Siz talab ikki marta tushib ketsa ishlab 
chiqarish jarayonini ikki marta sekinlashtirishni hohlamaysiz yoki talab ikki marta 



ortsa operatorlarning induvidual harakatini ikki marta oshira olmaysiz. SHunday qilib 
buni qanday nazorat qila olamiz? Talab ikki barobar ortgan holat misolida ko`rsak, 
buni nazorat qilishning eng sodda yo`li butun jarayonni ko`paytirishdir. Jarayonni 
bajarish uchun 1 ta o`rnatish liniyasidan foydalanish o`rniga ikkinchi moslashuvchan 
o`rnatish linyasini tashkil eting. SHunda, Talab miqdori ozroq miqdorda oshganda esa 
bazan liniyadagi ishchilar sonini ko`paytirib ham vaziyatni nazorat ostiga olish 
mumkin. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling