2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok etish huquqi
35 yoshdan saylanish huquqiga ega. Bundan tashqari, saylov qo- nunlarida liarbiy xizmatchilar, diniy arboblar uchun ham qonun doirasida cheklashlar o'rnatilgan. Siyosiy huquqlarni amalga oshirishda o'rnatiladigan ayrim chek lashlar boshqa xorijiy m am lak atlar qonunchiligida ham mavjud. 2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok etish huquqi Siyosiy huquqlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishini t a ’minlaydi. Konstitutsiyaning 32-moddasida: “0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlari- ni boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan am alga oshiriladi”, - deb belgilangan. Demak, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki, eng avvalo, davlat va jamiyatni boshqarishda namoyon bo'ladi. Ya’ni, bu davlat va jamiyat ishlarini boshqarish huquqidir. Ana shu huquq turli shakllar, vositalar orqali ro'yobga chiqariladi. Konstitutsiyaning o'zida qayd qilinishicha, fuqarolar davlat- ni boshqarishda bevosita hamda vakillari orqali ishtirok etadi. Fuqarolarning davlatni boshqarishdagi ishtirokini taminlovchi huquq, en g avvalo, saylov huquqidir. “Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda har bir sh ax sn in g davlat ho-kimiyati vakillik or- ganlariga saylash va saylanish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi '. O'zbekiston fuqarolari m a’lum yoshga yetgach, saylov huqu- qidan foydalanadi. Bu saylash huquqi va saylanish huquqidir. Say- lovlarda fuqarolarning bevosita ishtirok etish huquqi ham, vakillari orqali ishtirok etish huquqi ham ta ’minlanadi. Agar fuqarolar ning saylovda ovoz berishi, saylov komissiyaiari faoliyatida ishti rok etishi bevosita ishtirokiga misol bo Isa, fuqarolar tomonidan • Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jam iyatini rivojlantirish konsepsiyasi. — Т.: О zbekiston. 2010. 3j-bet. 161 www.ziyouz.com kutubxonasi sav lan g a n deputatlar, P rezident xalq nom idan ish ko'rishi sababli xalq n in g vakillari orqali ishtirokiga misol bo'ladi. Senatorlarni fuqarolar to'g'ridan-to'g'ri saylam asa-da, ular ham vakillik ifodasidir, ularni xalq saylagan deputatlar o'z orasidan say- laydi. Davlat organlari ishida h am m a fuqarolarning bevosita ishtirok etishiga imkoniyat yo'q, sh u n in g uchun bir g u ru h fuqarolar yoki shaxslar davlat organlarida davlatni boshqarishda bevosita ishtirok etsa, (deputat, Senator, Prezident), bir g u ru h fuqarolar ularning va- kili sifatida ishtirok etadi (yana deputatlar, senatorlar, Prezident). Fuqarolar davlat va jam iyat hayotiga taalluqli m uhim masala- lar y uzasidan referendum da (ovoz berishda) ishtirok etish, qonun loyihalari m uho k am asid a ishtirok etish orqali ham davlat va jami yat ishlarida ishtirok etg an hisoblanadi. O 'z b e k is to n d a oxirgi re ferendum 2002-yil 27-yanvarda o'tkazilib, unda Parlam entning ikki palatali s tr u k tu r a s i g a o'tish , P r e z id e n tn in g vakolat muddati- ni besh yildan yetti yilga o 'z g a rtiris h m asalasi hal qilindi. Refe rend u m d a ham saylovdagi kabi m a ’lum y o sh g a y e tg a n fuqarolar ishtirok etadi. “O'zbekiston R espublikasining referendum i to'g'risida”gi Qo nun 2001-yil 3 0 -av g u std a yangi tah rird a qabul qilingan bo'lib, un- ga asosan referendum xalq irodasining bevosita ifodasi hisoblandi. M am lak atim izda fuqarolarning davlat va jam iyat ishlaridagi ishtiroki huquqini t a ’minlovchi vositalardan biri o'zini o'zi boshqa- rish faoliyati hisoblanadi. O'zini o'zi boshqarish organlari butun m am lakat hududida qishloq, s h aharch a va sh ah ard ag i mahalla- larda tuziladigan fuqarolar yig'ini bo'lib, ular barcha 18 yoshga yetgan fuqarolarni qam rab oladi. Fuqarolar fuqarolar yig'ini ishida ishtirok etib, u n in g organlarini tuzishda qatnashadi va shu asosda jam iyat ishlarida ishtirok etadi. M am lak atim izd a fuqarolik jamiyati shakllanib borishi bilan fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etish yo'llari ken- gayib bormoqda. 2010-yil 12-noyabrda P rezident to m o n id an ilgari surilgan ko n sepsiy ad a davlat hokimiyati va b o s h q a r u v o r g an l a r i tomo- n i d a n q o n u n h u j j a t l a r i n i n g ijro etilishi u s t i d a n j am o a t c h i l i k na z o r a t i n i k u c h a y t i r i s h , shu m a q s a d d a “O ' z b e k i s t o n Respublikasida 162 www.ziyouz.com kutubxonasi jamoatchilik nazorati to‘g ‘risida” Qonun qabul qilish zarurligi ay- tib 0 ‘tildi1. Bu fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida faqat davlat organ- larini tuzishda ishtirok etish bilan chegaralanmay, ularning faoli yatini nazorat qilishda ham qatnashishini ko'rsatadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling