13-mavzu: Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalari. O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar
Qo‘lyozmalarning materiali. Yozuv qurollari: qamishqalam, siyoh.
Qo‘lyozmalar yozilgan xat turlari. Xuroson va O‘rta Osiyoda shakllangan badiiy san’at maktablari. Qo‘lyozmaning muqovasi.
Turkiy qo‘lyozmalar tushunchasi haqida. Turkiy tilda bitilgan ilk qo‘lyozmalar.
Temuriylar davri va Shayboniyxon davri qo‘lyozmalari.
XVII-XIX asr qo‘lyozmalari.
Sharq qo‘lyozmalarining xususiyatlari.
Arab tilida bitilgan va bizga yetib kelgan qo‘lyozmalarning barchasi qog‘ozga yozilgan. Qog‘oz tayyorlanadigan O‘rta Osiyodagi asosiy joy VIII asrdan boshlab, Samarqand hisoblangan. Keyinchalik qog‘oz ishlab chiqarish Buxorоda ham yo‘lga qo‘yilgan. O‘rta Osiyoda mustaqil xonliklar vujudga kelgach, Qo‘qonda ham qog‘oz ishlab chiqarish vujudga kelgan. Bu ish bilan Qo‘qonning Chorsu va Qog‘ozgar deb atalgan daxalarida shug‘ullanishgan. Bu shaharlarda qog‘oz asosan qo‘lda ishlangan va bunda suv tegirmonlaridan foydalanilgan. Qog‘oz ishlash uchun qurilgan tegirmonlar Xirotda va O‘rta Osiyoning yana boshqa shaharlarida ham qurilgan.
Qo‘lyozmalar turli navdagi qog‘ozlarga yozilgan. Bu navlar ichida eng ko‘p tarqalgani «qog‘ozi nimkatoniy» deb atalgan qog‘oz navidir. Qog‘oz asosan kanop tolasidan ishlangan. Qo‘lyozma yozish uchun tanlangan qog‘oz avval har xil ranglarga bo‘yalgan. Qog‘ozni bo‘yashning texnologiyasi va rang tayyorlashning retsepti ancha murakkab bo‘lgan. Shuning uchun rangli qog‘ozlar ko‘p xollarda badiiy bezaklarga boy san’at qo‘lyozmalari uchun ishlatilgan. Oddiy qo‘lyozmalar esa, kulrang tusdagi qog‘ozga nimkatoniyga yozilgan. Bu qog‘ozlar milliy sharoitda ishlab chiqarilgan qog‘ozlar edi. Yevropada ishlab chiqalirgan qog‘ozga yozilgan O‘rta Osiyo qo‘lyozmalari ham yo‘q emas. Lekin ular birinchidan ko‘p emas, ikkinchidan ular XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi qo‘lyozmalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |