13-mavzu: Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalari. O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar


O‘rta Osiyodagi kutubxonalar haqida


Download 65.19 Kb.
bet4/5
Sana18.03.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1282198
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu. Yordamchi tarix fanlari

O‘rta Osiyodagi kutubxonalar haqida:
O‘rta Osiyo hududida juda boy saroy va shaxsiy kutubxonalar qadimdan mavjud bo‘lgan. XI-XIII asrlarda Samarqandda anchagina kutubxonalar shakllangan edi. XII asrda Marvda Somoniylar sulolasining kutubxonasi mavjud bo‘lgan. XIII asrdan boshlab Rashididdin ismli shaxsning kutubxonasida (1247-1318) qo‘lyozma kitoblarni bitadigan xattot va boshqa ustalarning ustaxonasi ham mavjud bo‘lgan. Buxoroda XV asr boshlarida Muhammad Fors tomonidan asos solingan (1419 yilda vafot etgan) kutubxona mavjud bo‘lgan. XV asr boshlarida Samarqand Amir Temur tug‘ilgan va keyinchalik nevarasi Ulug‘bekka o‘tgan kutubxona vujudga kelgan. Xirotda Boysunqur mirzo saroyi kutubxonasini tashkil etgan (1433 yilda vafot etgan). U yerda Alisher Navoiyning ham shaxsiy kutubxonasi mavjud edi. XVII asrda Buxoroda Ashtarxoniylar sulolasiga mansub shoxlardan Abdulazizxon (1645-1680) va uning inisi Subxonqulixon (1680-1702) qo‘lyozmalarini jamlab kutubxona tashkil etishgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Xivada Muhammad Rahimxon-II ning kutubxonasi ishlab turgan. XX asr boshlarida bir necha shaxsiy kutubxonalar: jumladan, Buxoroda Validovlarning kutubxonasi, Toshkentda Jo‘rabekning kutubxonasi va hokazo.
Boburiylar davrida (XVI-XVII asrlar) O‘rta Osiyo bilan Hindiston o‘rtasida madaniy aloqalar kuchaygan edi. Hindistonga Farg‘ona vodiysidan, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlardan yirik shoirlar, olimlar, tabiblar, xattotlar, me’morlar, naqqoshlar taklif qilingan edi. Shuning uchun Hindiston kutubxonalarida ham bir qator turkiy qo‘lyozmalar to‘plangan. Masalan, «Buxoronoma» ning Haydarobod nushasi, Kalkutta nushasi, Boburning XVIII asrda tuzilgan uchta devoni, Boburning aruzga oid risolasining fors tiliga tarjimasi (uni XVIII asrda Azfariy Qoraxoniy Madrasasida tarjima qilingan). Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiy, Zebunisobegimlarning she’rlari qo‘lyozmalari hazirgacha Hindiston kutubxonalarida saqlanmoqda.
XIV asrda Xorazmdan Sherozga ketib qolgan Abdurahim ismli shoirning to‘plami-u Sherozda mashhur shoir Xofiz Xorazmiy bilan tanishgan va o‘ziga ham Xofiz deb taxallus tanlagan. U keyinchalik Xofiz Xorazmiy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Shu shoirning yagona she’riy to‘plami ham Hindistonda saqlanmoqda. XV asr o‘zbek shoiri Said Qosimiyning «Majmaul-axbor», «Gulshani roz», «Ilohiynoma» kabi didaktik asarlari 1634 yilda ko‘chirilgan nushasi ham Hindistondan o‘rin topgan. Shuningdek, Ulug‘bekning, Ali Qushchining, Ibn Sinoning, Abdurahmon Jomiyning arab tilida yozgan asarlari ham Hindiston kutubxonalarida saqlanmoqda. Hindistonning Rampur shahrida Turkman shoiri Bayramxonning, Boburning o‘g‘li Kamronning yozgan lirik she’rlari bilan bitta qilib devon qilingan qo‘lyozmasi hozircha saqsanmoqda.
Xulosa: O‘rta Osiyo qadimdan butunjahon sivilizatsiyasining o‘choqlaridan hisoblangan va unda yaratilgan ilmiy va badiiy qo‘lyozmalar dunyo madaniyatiga qo‘shilgan yirik asarlar muhim salmoqqa ega.

Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling