13-mavzu: Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalari. O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar


Sharq qo‘lyozmalarining paydo bo‘lishi va umumiy xususiyatlari


Download 65.19 Kb.
bet5/5
Sana18.03.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1282198
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu. Yordamchi tarix fanlari

Sharq qo‘lyozmalarining paydo bo‘lishi va umumiy xususiyatlari.

  1. Sharq qo‘lyozmalarining umumiy xususiyatlari

  2. Arab olamidagi birinchi qo‘lyozma kitob (Qur’onning birinchi tahriri).

  3. Qur’onning ikkinchi tahriri

Sharq va shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari qo‘lyozmalarining asosiy xususiyati shuki, bu xalqlar islom dini shakllangan davrdan boshlab 14 asr davomida ilmiy va badiiy asarlarini na faqat o‘zlarining ona tillarida, balki arab va fors tillarida ham yaratganlar. Tarixda O‘rta Osiyo bilan Eron o‘rtasida, shuningdek arab mamlakatlari o‘rtasida chegara bo‘lmagan. Shuning uchun arab tilidagi qo‘lyozmalarning bir qismi O‘rta Osiyo hududida yaratilgan bo‘lsa, qolgan qismi arab mamlakatlaridan yoki Erondan olib kelingan bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday gapni fors tilida qo‘lyozmalarga nisbatan ham aytish joyiz. Shunday qilib O‘rta Osiyo hududida turkiy tillarda bitilgan qo‘lyozmalar bilan bir qatorda arab va fors tillarida bitilgan qo‘lyozmalar ham mavjuddir. Fikrimizning dalili uchun quyidagi raqamlarni fakt sifatida keltiramiz:
O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutining hazinasida hozir 17 mingdan ziyod qo‘lyozma kitoblar saqlanmoqda. Shularning 10 foizdan oshiqrog‘i ya’ni qariyb 1700 tasi turkiy tilda bitilag qo‘lyozmalardir. Taxminan 30 foizini fors tilida bitilgan qo‘lyozmalar tashkil etadi. Bu esa 5000 dan ziyod qo‘lyozmadir. Qolgan 6- foizi esa, arab tilida yaratilagn qo‘lyozma kitoblardir. Shuning uchun O‘rta Osiyo xalqlari qo‘lyozmalarining paleografiyasi haqida gap borganda, turkiyzabon qo‘lyozmalar bilan chegaralanib qolmasdan, arab va fors tillarida yaratilgan qo‘lyozmalarni ham e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
YII asrning boshlarida islom dinining yuzaga kelishi arablar hayotida yuz bergan ijtimoy – siyosiy va madaniy - ma’naviy o‘zgarishga sabab bo‘ldi.
Bu to‘g‘rida payg‘ambarimiz o‘zlari ham bir necha bor ta’kidlab marhamat qilganlarki, Qur’oni karim Al-lavhu-l-mahfuzga dunyo yaratilmasdan ilgariyoq bitib qo‘yilgan va u yetti qavat osmonning ustida saqlanib kelinmoqda, hamda bu qur’on oyatma-oyat endi yer yuziga hazrati Jabroil orqali nozil etilmoqda. Lekin payg‘ambarimiz S.A.V. ning hayotliklari davrida nozil bo‘lgan bu oyatlar yozib bitik shakliga keltirilmagan edi.
O‘sha davrda Qur’onni deyarli barcha musulmonlar yoddan bilar edilar. Hatto ayrim savodli odamlar uning ayrim suralarini taxtachalarga, terilarga yozib qo‘ygan ham edilar.
Payg‘ambarimiz vafotlaridan keyin u zotga tushgan og‘zaki vahiylarni to‘plash, ularni tartibga solish va uni yozib bir kitob holiga keltirish zarurati tug‘ilgan. Qur’onning mukammal matnini yaratish va uni kitob holiga keltirish vazifasi payg‘ambarimiz hayotlik davrlarida u zotga kotiblik qilgan Zayd ibn Sobit ismli sahobaga yuklatilgan. Bu topshiriqni Zayd birinchi xalifa Abu Bakr Siddiq hukmronligi paytida (632-634 yy) bajargan. Shunday qilib og‘zaki vahiylardangina iborat bo‘lgan Qur’on kitob shaklidagi yozma qur’onga aylangan. Shunday qilib, musulmon Sharqi olamida birinchi qo‘lyozma kitob vujudga kelgan. Bu ish hijriy 12 yilda boshlanib, bir yil davom etgan. Demak arablarning birinchi qo‘lyozma kitobi 13 hijriy-635 mel. yilda vujudga kelgan.

Tayanch ibora va birikmalar:



  1. papirus

  2. pergament

  3. qog‘oz

  4. ramka

  5. xofiz

  6. unvon

  7. tinish belgilari

  8. qamishqalam

  9. dovot

  10. siyox

  11. muqova

  12. Samarqand qog‘ozi

  13. Yevropa qog‘ozi.

Nazorat uchun savollar:



  1. Dastlabki arab qo‘lyozmalari qaysi elat qo‘lyozmalariga o‘xshaydi?

  2. Arab qo‘lyozmalarining hajmi odatda qanday?

  3. Xofiz sahifaning qaysi joyiga yoziladi?

  4. Xofiz nima?

  5. Qo‘lyozmalar qanday iboralar bilan boshlanadi?

  6. Tinish belgilari haqida gapiring.

  7. Qamishqalam qanday tayyorlangan?

  8. Yana qanday yozuv qurollari mavjud bo‘lgan?

  9. Siyox nimadan tayyorlangan?

  10. Unvon nima?

  11. Kitob muqovasi nimadan ishlangan?

  12. Arab qo‘lyozmalari qachondan qog‘ozga yozila boshlangan?

  13. Samarqand qog‘ozi haqida gapirib bering.

  14. Samarqandliklar qog‘oz tayyorlashni kimdan o‘rganganlar?

  15. Yevropaliklar qog‘oz tayyorlashni kimdan va qanday o‘rganganlar?

  16. Arab qo‘lyozmalari qachondan boshlab Yevropa qog‘oziga yozila boshlangan?

  17. O‘rta Osiyoda dastlabki qog‘oz qaysi shaharda ishlab chiqarilgan?

  18. Qo‘lyozma nimada yozilgan?

  19. Qamishqalam qanday tayyorlangan?

  20. Siyoxning tarkibi nimalardan iborat bo‘lgan?

  21. XV-XIX asr qo‘lyozmalari qaysi yozuv turida yozilgan?

  22. Xirot miniatyura maktabi haqida nima bilasiz?

  23. Xirot miniatyura maktabining vakillari kimlar bo‘lgan?

  24. O‘rta Osiyoda ham miniatyura maktabi bo‘lganmi?

  25. Qo‘lyozma muqovasi nimadan tayyorlangan?

  26. Charm muqova necha turga bo‘linadi?

  27. Karton muqova qanday tayyorlanadi?

  28. Karton muqova necha xil bo‘lgan?



Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling