13-mavzu. Yarim o‘tkazgichli asboblar. Reja


Download 124.36 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi124.36 Kb.
#1180049
  1   2   3
Bog'liq
13 маруза МТ


13-mavzu. Yarim o‘tkazgichli asboblar.
Reja:
13.1. Elektronikaning xozirgi zamon fani va texnkasidagi xamda ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati.
13.2. Zamonaviy elektronika qurilmalarini tavsifi, tarihi va rivojlanish kelajagi.
13.3. Elektron asboblar, Yarim o‘tkazgichli rezistorlar, diodlar, tiristorlar, bipolyar va maydon tranzistorlarining, tavsiflari, parametrlari va qo‘llanilishi.
Elektronika haqida asosiy tushunchalar.
Xozirgi kunda elektron, yarimo`tkazgichli va elektromagnit elementlar asosida turli
elektron qurilmalar, avtomatik sanoat robotlari va manipulyatorlar yaratilmoqda. Ular yor-damida texnologik jarayonlar, boshqarish, nazorat va aloqa tizimlar takomillashtirilmoqda.
Elektrotexnika va elektronikadan foydalanmasdan turib fan taraqqiyoti va ishlab chiqarish
ni barcha sohalarini zamon talabi darajasida rivojlantirish mumkin emas. Hozirgi kunda dastgohlar, uchish apparatlari, avtomobil va sh. o`. larni boshqarish uchun murakkab quril-malar tuzish uchun diskret tranzistorlar, integral mikrosxemalar ishlatilishi shart bo`lmay, balg’ki imkoniyatlari bo`yicha universal bo`lgan yarim o`tkazgichli boshqaruv qurilmalari, ya`ni mikroprotsessorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ammo barcha elektronika elementlarini o`rganmasdan avval bunday mikroprotsessorlarni qo`llashga o`tishimiz qiyin bo`ladi. Shuning uchun elektronikaning asosiy elementlari hisoblangan rezistorlar, induk-tivlik, kondensatorlar, diodlar, tiristorlar, tranzistorlar kabi elementlarni tuzilishi, ishlash printsipi va konstruktsiyasini o`rganib chiqamiz.
Elektronikaning asosiy elementlari.
Elektronikani asosiy uzellari va sxemalari har qanday elektronik apparat tarkibiga kiruvchi quyidagi asosiy birlamchi elementlar bazasida tuziladi.
1)Rezistorlar; 2)Induktivlik; 3)Elektr kondensatorlar; 4)Mikrosxemalar.
Rezistorlar–anod va kollektor yuklamalari, rostlash qarshiliklari, kuchlanish bo`lgich vazifalarini bajaradi. Konstruktsiyasi bo`yicha simli va simsiz, o`zgaruvchan va o`zgarmas bo`ladi. Rezistorni parametri quyidagicha topiladi.
Om,
bu yerda, ρ–solishtirma qarshilik, L–o`tkazgich uzunligi, D–sterjen tashqi diametri, h– o`tkazgich qalinligi.
Induktivlik– ko`p hollarda nostandart bo`ladi va bir konkret holatda ma`lum texnik sharoitlarga qarab hisob qilinadi. Induktivlik g’altakni geometrik o`lchamlariga, o`ramlar soniga va unga kiritilgan magnit o`zakka bog’liq bo`ladi. Ko`p qavatli g’altakni induktiv-
ligi quyidagi formula bilan topiladi.
Gn;
bu yerda, L–g’altak induktivligi, D–o`ramlar o`rtacha diametri, t–o`ramlarning radial chuqurligi, l –chulg’amning uzunligi, N –o`ramlar soni.
Sig’im–elektrronikani asosiy elementlaridan biri hisoblanib elektr zaryadlarini to`p-lamiga asoslangan hossasiga binoan ishlaydi: U asosan uch hil qilib tayyorlanadi: 1.Paketli konstruktsiya; 2.Naychali konstruktsiya; 3. O`rama konstruktsiya. Havo izolyatsiyali, moy izolyatsiyali qilib tayyorlanadi: Yassi elektrodli konstruktsiyadagi kondensatorlarning
s ig’imini hisoblash quyidagicha bo`ladi.

mkF,
bu yerda, ε–dielektrik nisbiy singdiruvchanlik, C– plastinkalarning yuzi sm2, d – dielektrik qatlam qalinligi.

a) b)
13.1-rasm: diod; tiristor;

Download 124.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling