13-mavzu. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligiga umumiy talablar. Reja
Ishlab chiqarishni portlash va yong‘in xavfliligi bо‘yicha kategoriyalari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
13-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong‘in xavfli zonalar.
Ishlab chiqarishni portlash va yong‘in xavfliligi bо‘yicha kategoriyalari.
Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan moddiylarning yonish xususiyati bо‘yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi va ular - A, B, V, G, D, YE kо‘rinishlarida shartli belgilanadi. A-kategoriyadagi ishlab chiqarish, portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish bо‘lib, unga bug‘larining alangalanish harorati 28°S dan kam bо‘lgan va havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli havo yoki moddiylar bо‘lgan hamda suv, kislorod, havo yoki о‘zaro ta’sirda alangalanuvchi moddiylar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi. B-kategoriya - portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish. Bunga bug‘larining alangalanish harorati 28 dan 61°S gacha bо‘lgan suyuqliklar. Havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli siqilgan gaz, changlar bо‘lgan, shuningdek 5 % gacha pastki portlash miqdori N pv >65 g/m 3 bо‘lgan changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi. V-kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish, alangalanish harorati 61°S dan yuqori bо‘lgan suyuqliklar ishlatiladigan va N pe >65 g/m 3 miqdordagi yonuvchi chang, gazlar mavjud havo muhiti bо‘lgan, shuningdek qattiq yonuvchi moddiylar ishlatiladigan ishlab chiqarishlardir. G-kategoriya - yong‘inga xavfli ishlab chiqarish. Yonmaydigan moddiylarga issiqlik yoki alanga ta’sirida ishlov berish kо‘llaniladigan ishlab chiqarish. D-kategoriya - yong‘inga va portlashga xavfsiz ishlab chiqarish. Bunda yonmaydigan moddiylarga sovuq holatda ishlov beriladi (yigish, ajratish, yuvish sexlari). YE-kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish. Yonuvchi gaz va bino hajmining 5 % miqdorida portlashga moyil changlar bо‘lgan ishlab chiqarish. Bunday muhitda yong‘insiz portlash sodir bо‘ladi. Yong‘in xavfli zonalar. Yong‘in xavfli zonalar - bu binoning yoki ochiq maydonning yonuvchi moddalar saqlanadigan qismidir. Ular 4 sinfga bо‘linadi, ya’ni P-I, P- II, P-IIa va P- III. P-I sinfdagi zonaga gaz va bug‘larning 61 0 C dan yuqori haroratda portlash ehtimoli bor suyuqliklar saqlanadigan binolar kiradi. P-II sinfdagi zonalarga - yonishga moyil chang va gazlar ajralib chiqadigan ishlab chiqarish binolari kiradi; P-IIa sinfidagi zona esa - qattiq va tolasimon yonuvchi moddiylar ishla- tiladigan ishlab chiqarish binolaridir; P-III zonaga-qattiq yonuvchi moddiylar ishlatiladigan yoki saqlanadigan hamda bug‘larining portlash harorati 61°S dan yuqori bо‘lgan suyuqliklar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ishlab chiqarish binolari va maydonlari kiradi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling