13-mavzu. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligiga umumiy talablar.
Reja:
1.Yong‘in to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
2.Yong‘inni o‘chirish moddalari va ularning xossalari.
3. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti.
4.Yong‘in xavfsizligi tizimiga talablar.
5.O‘t o‘chirish vositalari.
6.Yong‘in muhofazasini tashkil etish va yong‘inni o‘chirish.
Tayanch so’z va iboralar: Yong‘in, ochiq yong‘in, yuqori harorat, toksik
modda, tutun,
kislorod konsentratsiyasi, qurilish konstruksiyasi, tо‘lqin zarbi, yonuvchi
modda, yonish tezligi, organik shisha, uglekislota,
poroshok, suv zahirasi, avtonasos, o’t
о‘chirgich,
kategoriya, yonmaydigan moddiy,
qiyin yonadigan moddiy, tez yonuvchi
moddiy.
1.Yong‘in to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
Yong‘in-maxsus
joydan boshqa joyda yonuvchi, moddiy zarar keltiruvchi va
nazorat qilib bо‘lmaydigan yonish jarayonidir.
Yong‘inning odam va hayvonlarga ta’sir qiluvchi xavfli va zararli omillari: ochiq
yong‘in, atrof-muhit va
narsalarning yuqori harorati, toksik moddalarni yonishi, tutun,
havo tarkibida kislorod konsentratsiyasining
kamayishi, qurilish konstruksiyalarining
qо‘layotgan qismlari; portlashdagi tо‘lqin zarbi, otilayotgan qismlar va zararli moddalar
hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilingan omillarning xavfliligi yong‘inni davom etish vaqtiga (T
yo
)
bog‘liq bо‘ladi va quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi.
T
yo
=N/
u
,
(19.1.)
formula bо‘yicha topiladi.
bu yerda N-yonuvchi
modda miqdori, kg/m
3
;
u
-moddani yonish tezligi kg/m
3
soat.
Yong‘inni о‘chirishdan kо‘ra uning oldini olish osondir. Shu sababli korxonalar,
ishlab chiqarish uchastkalari rahbarlari yong‘in chiqish sabablarini
bilishi va uni oldini
olish bо‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirishi kerak.