13-mavzu. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligiga umumiy talablar. Reja
Yong‘in xavfsizligi tizimiga talablar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
13-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong‘inga qarshi himoya tizimi
4.Yong‘in xavfsizligi tizimiga talablar.
Yong‘inni oldini olish tizimi - yong‘in sodir bо‘lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir. Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘in xavfi bо‘lgan qurilmalar о‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan moddiylar bilan boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida о‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan tо‘gri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Har qanday ishlab chiqarishda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bо‘lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga tо‘lik rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, moddiylar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda о‘z-о‘zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi gadbirlarni tо‘lik amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yong‘inga qarshi himoya tizimi - yong‘in о‘chirish jihozlari va texnikalaridan foydalanish, yong‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanish, yong‘in xabarini beruvchi va yong‘in о‘chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, obyektning konstruksiyalari va materiallarigaa yong‘indan himoyalovchi tarkibli bо‘yoqlar bilan ishlov berish tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuatsiya yо‘llari bо‘lishini ta’minlash, binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini tо‘gri tanlash kabi tadbirlarni о‘z ichiga oladi. Tashkiliy - texnik tadbirlarga esa, yong‘indan himoyalanish xizmatini tashkil etish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavfsizligi bо‘yicha obyektdagi moddalar, moddiylar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bо‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni о‘kitish, yong‘in xavfsizligi bо‘yicha yo’riqnomalar va aholi о‘rtasida turli xil tadbirlar о‘tkazish, yong‘inga qarshi kо‘rsatmalar (yo’riqnomalar) ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling