qiladi. Kimyoviy kо‘pik yonish zonasida kislorod miqdorini 14 %
gacha kamaytiradi,
yonayotgan moddiy yuzini qoplaydi, sovutadi va yong‘inni tо‘xtatadi.
Kо‘pikning karraligi - kо‘pik hajmini u olingan butun suyuqlik hajmiga
nisbatidir 5 dan 100 karralikkacha ega bо‘lgan kо‘piklar kam va о‘rtacha kо‘pik
karraligiga, 100 dan ortiqlari esa yuqori karralikka kiradi.
Inert gazlar (azot, argon, geliy) gazli payvandlash
ishlarida idishlarni, balonlarni
tо‘lgazishda kо‘llaniladi.
3. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti.
Yong‘inga qarshi suv zahirasi yilning istalgan vaqtida kerakli bosimda 3 soat
yong‘inni о‘chirishga yetadigan bо‘lishi kerak. Ishlab chiqarish
korxonasida har biri
100 m
3
va undan ortiq sig‘imli suv hovzasi bо‘lishi kerak. Bitta suv hovzasining
xizmat kо‘rsatadigan radiusi yong‘in vaqtida suv
uzatish uchun avtonasos va
avtoidishlardan foydalanganda 200 m, uzatma nasoslardan foydalanganda 100 m, bir
о‘nli pritsep motopompalaridan foydalanganda 150 m gateng qabul qilinadi. Bitta idishda
100 m
3
sig‘imgacha bо‘lgan suv zahirasi dahlsiz saqlanadi.
Suv hovzasidan suvni olish uchun nasosga sо‘ruvchi 160...200 mm diametrdagi
quvur biriktiriladi. Suvni va suv-kо‘pikli suyuqlikni uzatish
uchun bosimga ishlashga
mо‘ljallangan quvurlar kо‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: