13-mavzu. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligiga umumiy talablar. Reja


Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana14.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1267219
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-ma\'ruza

 Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi. Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi
yong‘inni о‘z vaqtida sezish, aniqlash va u tо‘g‘risida yong‘in о‘chiruvchilarga xabar
berish uchun ishlatiladi. Ularga tele va radio aloqa, yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari,
elektrik signallar, qо‘ng‘iroqlar va transport vositalarining signallari kiradi.
A, B va V kategoriyasidagi yong‘inga xavfli obyektlarda yong‘in haqida xabar
beruvchi datchiklar о‘rnatiladi. Ular yong‘in bо‘lgan taqdirda qabul qilish apparatiga
signal yuboradi. Bunday sistemalar yong‘in signalizatsiyasi deb ataladi.
Yong‘inni avtomatik signalizatsiya qurilmasi (YOASK) tо‘gri va aylanasimon
sxemada о‘rnatiladi. Ular ishlatiladigan datchiklar turiga bog‘liq holda issiqlik, tu tun
muhofazalovchi va kombinatsiyalashgan turlarga bо‘linadi. Bu qurilmalar yong‘in va
muhofaza-yong‘in turlariga bо‘linadi. Yong‘indan muhofaza sistemalari qimmatbaho
moddiylar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartallarida ishlatiladi. Yong‘in va uning


muhofaza signalizatsiyasining asosiy elementlariga yong‘in tо‘g‘risida xabar beruvchi
qurilma qabul qilish stansiyasi, aloka tarmog‘i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug‘likli
signal qurilmasi kiradi.
Yong‘in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1, signalizatsiyali issiqlik yong‘in
qurilmasiga-STPU-1 lar misol bо‘la oladi. Ushbu qurilmalardagi yong‘in tо‘g‘risida
avtomatik xabar beruvchi moslamalar muhitdagi issiqlik о‘zgarishi, tu tun va
issiqlik о‘zgarishi hamda yorug‘lik energiyasining о‘zgarishini qayd etish asosida
ishlaydi.
Ёнғин
Ёнғин
ҳабарчилари
Азот
Сув
Редуктор
Азот тўлдирилган
баллон
Махсус азот-сув аралашмаси билан ёнғин
ўчириш автоматик тизимининг схемаси
Nazorat savollari
1. Yong‘in deganda nima tushuniladi?
2. Yong‘inning davomiyligi nimalarga bog‘liq?
3. Yong‘inning xavfli va zararli omillari nima?
4. Yong‘inni о‘chirish moddalariga nimalar kiradi?
5. Yong‘inni о‘chiruvchi moddalarning klassifikatsiyasini ayting?
6. Yong‘inni oldini olish tadbirlarini ayting?
7. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiylar yonish xususiyati bо‘yicha necha
turga bо‘linadi va ular kaysilar?
8. О‘t о‘chirgichlarlarning vazifasi nima?
9. Yong‘inni aniqlashning avtomatik vositasi nima?
Adabiyotlar
1.O.Qudratov, T.G‘aniyev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.
2.Hayot faoliyati xavfsizligi. MEО‘UM. Qarshi-2019.
3.G‘.YE.Yormatov. Hayot faoliyati xavfsizligi (Ma’ruza matnlari tо‘plami), Toshkent-
2003
4.Bezopasnost jiznedeyatelnosti. Pod obshey redaksiyey doktora texn. nauk, professora
S.V.Belova. Moskva, «Visshaya shkola» 2003.
5.O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentabrda qabul qilingan “Yong’in
xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni


 6. Norbayev E.Q., Mamatqulov N.I., Tog‘ayev J.X. Hayot faoliyati xavfsizligi
(MEO‘UM) Qarshi-2019 y.
7.Elektron resurslar:
1. www.bilim.uz. 2.www.ziyo.edu.uz
3. www.mchs.gov.uz 4.
www.google.uz
.

Document Outline

  • C:\Users\Admin\Desktop\13-JPEG\13-JPEG.docx

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling