mustahkamliligini yо‘qotish vaqti yong‘inga chidamlilik chegarasi deyiladi.
Barcha bino va inshootlar yong‘inga chidamliligi bо‘yicha 5 darajaga bо‘linadi: I
darajali yong‘inga chidamli binolarga barcha konstruksiyalari yonmaydigan,
yuqori yong‘inga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bо‘lgan binolar
kiradi; II darajali yong‘inga chidamli binolarga konstruktiv elementlari
yonmaydigan,
yuqori
chidamli-
lik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi; III darajali yong‘inga chidamli
bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi; IV
darajali yong‘inga chidamli binolarga barcha konstruksiyalari qiyin yonuvchi
materiallardan tayyorlangan binolar kiradi; V darajadagi binolarga esa barcha
konstruksiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.
Yog‘och va boshqa yonuvchi konstruksiyalarning yong‘inga chidamlilik
darajasi bir necha yо‘llar orqali oshirilishi mumkin, jumladan: 1 m
2
yuzadagi
yog‘och konstruksiyaga 75 kg quruq tuzning suvdagi aralashmasini singdirish
yoki 1 m
2
yog‘ochga 50 kg quruq tuzni issiq-sovuq vannalarda singdirish orqali;
yong‘indan himoyalovchi tuzlarning suvdagi aralashmasi bilan (100 gr quruq
tuz 1 m
2
yuzaga) moddiylarga yuza ishlov berish; yong‘indan himoyalovchi
bо‘yoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va boshqa shu kabilar bilan yuza
ishlov berish; tuproqli gips bilan shuvash, gips plitalar о‘rnatish, asbest, sement
moddiylar qoplash.
5.O‘t o‘chirish vositalari.
О‘t о‘chirgichlar yong‘inni boshlang‘ich fazasida о‘chirish uchun ishlatiladi. Ular
sig‘imi, о‘t о‘chirish moddasi, о‘t о‘chiruvchi moddani chiqarish usuli bо‘yicha turlicha
bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: