13-variant Davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lon Auksion savdolarining afzalliklari Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik e’lon


Download 1.24 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1565855
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IX 51-2 Umarova G. yakuniy davlat xaridi

Komission yig‘imlar – shartnoma qiymatining 0,15% miqdoriga teng.
Zakalat qiymati – boshlang‘ich narxining 3% ni tashkil etadi.
Zakalat mablag‘larini kiritmasdan siz elektron xaridlarida ishtirok etay olmaydi.
Ishtirokchi elektron xaridlarda ishtirok etish uchun shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo yordamida kiradi.

Byudjet buyurtmachilari uchun - dxarid.uzex.uz



Korporativ buyurtmachilar uchun – exarid.uzex.uz





Har ikkala sayt bo‘yicha shaxsiy kabinetlar funktsional jihatdan o‘xshashdir.





Elektron auksionda ishtirok etish uchun zarur lotni topish kerak bo‘ladi. Buning uchun shaxsiy kabinetning o‘ng tomon burchakdagi “Filtr ko‘rsatish” tugmasi bosiladi va “Filtr” bo‘limiga o‘tiladi.
Zarur parametrlar kiritiladi va “Qidiruv” tugmasi bosiladi. Qidirishni quyidagi parametrlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin:

  • Lot raqami yoki nomi;

  • Tovar kategoriyasi

  • Ro‘yxatdan tovar tanlash

  • O‘rtacha summasi

  • Hudud

  • Tuman

  • Buyurtmachining STIR

  • Muddati

Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon chop etilgan kundan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Auksion uni o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatda (sana va vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan so‘ng besh minutdan kam bo‘lmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi.
Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati oxirgi taklif olingandan so‘ng yana besh minutga uzaytiriladi.
Bunda, auksionning tugash muddati operatorning ish kuni va ish vaqtiga to‘g‘ri kelishi lozim.

Ishtirokchi o‘zi etkazib berishi mumkin bo‘lgan tovar bo‘yicha buyurtmalarni qidirayotganda, tovarning etkazib berish shartlari, uning spetsifikasi va buyurtmachining alohida talablarini, albatta, ko‘zdan kechirishi lozim. Agar ishtirokchi bu shartlarni bajara olmasa yoki tovar belgilangan talablarga mos kelmasa, u insofsizishtirokchilarningyagona reestriga kiritilishi mumkin.


Zarur lot tanlangandan so‘ng siz bevosita onlayn auksionda ishtirok etishingiz mumkin.

Har ikki yo‘nalishda ham portalga joylashtirilgan lot 10 kun davomida faol bo‘ladi. Shu vaqt mobaynida ishtirokchilar boshlang‘ich narxni 2% miqdorda bosqichma-bosqich pasaytirib borish yo‘li bilan narx taklif qiladilar.
Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 15% va undan past miqdorda bo‘lsa, boshlang‘ich va taklif etilgan narx o‘rtasidagi farq qilayotgan qiymatda qo‘shimcha zakalat kiritilishi talab etiladi.
Auksion yakunida elektron tizim avtomatik tarzda eng past miqdorda berilgan narx egasini auksion g‘olibi, deb topadi.
Auksionni yakunlanish muddati faqat birjaning ish kunlari va vaqtlariga to‘g‘ri keladi.
Auksion natijasiga ko‘ra buyurtmachi va etkazib beruvchining shaxsiy kabinetida elektron shaklda shartnoma shakllanadi. Buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida elektron raqamli imzo yordamida tuzilgan shartnoma haqiqiy deb hisoblanadi
Agar auksionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok etmasa, auksion o‘tkazilmagan, deb hisoblanadi. Bunday hollarda buyurtmachi 3 kun ichida auksionni 5 kunga uzaytiradi.Bu holatda ham savdo bo‘lib o‘tmasa, buyurtmachi 10 kunlik tanlov o‘tkazishi kerak bo‘ladi.




  1. Download 1.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling