Elektron auksionda ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Birinchi navbatda ishtirokchi davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalda ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davlat xaridlari uchun mo‘ljallangan maxsus portal – xarid.uz saytida amalga oshiriladi. Xarid.uz saytining o‘ng tomon tepa qismida “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi bosiladi. (1-rasm)
Birjaning barcha savdo platformalarida ro‘yxatdan o‘tishni ko‘zda tutuvchi sahifasida “Elektron raqamli imzo bilan” doirasiga belgi qo‘yiladi.(2-rasm)
Davlat xaridlaridagi ishtirokchi tanlanadi.Oferta bilan tanishib chiqilgandan so‘ng, “qabul qilaman” katagiga belgi qo‘yiladi va “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi bosiladi.(3-rasm)
Ochilgan keyingi sahifada so‘ralgan ma’lumotlar kataklari to‘ldiriladi va belgi qo‘yilib, “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.(4-rasm)
Shu bilan ro‘yxatdan o‘tish jarayoni tugaydi va mijozga Hisob-kitob kliring palatasida hisobvaraq ochiladi
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi avtomatik tarzda “O‘zbekiston Respublikasi foydalanuvchilarining yagona axborot tizimi” - esi.uz saytiga o‘tkazadi. Bunda elektron kalitni tanlab, “Kirish” tugmasi bosiladi.
O‘zbekiston Respublikasi foydalanuvchilarining yagona axborot tizimi – esi.uz saytining maxsus dasturi (E-imzo) kompyuterga yuklangan va o‘rnatilgan bo‘lishi shart!
Davlat xaridlari tizimida hujjatlar qog‘oz shaklida taqdim etilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish bepul tarzda amalga oshiriladi va muddatsiz hisoblanadi.
Elektron auksionda savdo mexanizmi
Davlat xaridlari tizimida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, ishtirokchi Hisob-
kitob kliring palatasiga avans to‘lovini kiritadi.
Bunda:
Do'stlaringiz bilan baham: |