13 variant Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari
To’lov balansi tushunchasi va uning tuzulishi
Download 1.1 Mb.
|
13 variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi
2.To’lov balansi tushunchasi va uning tuzulishiTo’lov balansi — ma‘lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o’rtasida bo’ladigan bitimlar statistik qayd qilingan hujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo’nda ifodalab pul kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi. Tushumlarning to’lovlardan oshib ketishi to’lov balansining aktiv balansi (profisiti) tashkil etadi va to’lovlarning tushumlardan oshib ketishi to’lov balansining passiv balansi (defisiti) hisoblanadi. To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo'linadi: joriy operasiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operasiyalar. Shunga ko’ra to’lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat: 1. Joriy operasiyalar hisobi; 2. Kapital harakati hisobi. Joriy operasiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o’zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko’rinishi quyidagicha boladi: Y=C+I+G+Xn; Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G); Sn = I+Xn (I-S)+Xn=0 ( egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan sharoitda). Bu yerda: Sn – milliy jamg’arish; (I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg’armalardan ortiqchaligini ko’rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig’ini bildiradi. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko’ra joriy operasiyalar va kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi: X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans Bu shuni bildiradiki, to’lov balansining joriy operatsiyalar boycha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi. 3.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o’zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi‘ asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to’liq bo’lmagan bandlik sharoitida ham erishish mumkinligini, to’la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro’y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste‘mol va jamg’arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o’zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling